“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:37
ЎЗO‘Z

Biznesni sun’iy ravishda «bo‘lish»ga yo‘l qo‘yilmaydi

19 мая, 17:20 2 306 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Biznesni sun’iy ravishda «bo‘lish»ga yo‘l qo‘yilmaydi 2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish strategiyasining loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

Hujjatda beshta asosiy yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan aniq qadamlar belgilangan:

- soliq siyosatini takomillashtirish va iqtisodiyotda xufiya oborot ulushini qisqartirish. Xususan, 2021 yilga kelib JShDS to‘lovchilar sonini 1,5 baravar, QQS, resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar sonini 2 baravar oshirish ko‘zlangan;
- soliq sohasida servis xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish;
- soliq tavakkalchiliklarini baholash tizimini chuqur joriy etish va soliq hisobi yuritishni takomillashtirish;
- davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etish;
- davlat soliq xizmati organlarida poraxo‘rlikka qarshi mexanizmlarni rivojlantirish.

Bundan tashqari, Strategiyani tasdiqlovchi hujjatda (Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori) bir qator chora-tadbirlar belgilangan:

birinchidan, yagona yer solig‘ini to‘lovchilar ixtiyoriy ravishda QQS to‘lashga o‘tishlari mumkin;

ikkinchidan, QQS summasini hisobga olish uchun qo‘shimcha shartlar yuzaga keladi:

uchinchidan, yuridik shaxslar yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llashyb yoki yalpi tushumning cheklangan miqdorini sun’iy ravishda pasaytirishni ko‘zlab qayta tashkil etish va boshqa tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish operatsiyalarini amalga oshirganda va buning oqibatida soliq solishning umumbelgilangan tizimiga o‘tishdan qochganda6 soliq organlari to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalariga tuzatish kiritishga va ularni sud tartibida undirib olishga haqli bo‘ladilar;

to‘rtinchidan, moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibida qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi mexanizmlar yuzaga keladi:

Chakana savdodagi xufiya oborotni qisqartirish maqsadida jismoniy shaxslarga daromad, mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha chegirmalar taqdim etishni yoxud NKM, to‘lov terminallari cheklari yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olishga oid boshqa hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar hisobiga chegirilgan soliqlar miqdoridagi summalarni to‘lashni, shuningdek «Chek talab qiling – yutuqqa ega bo‘ling» ommaviy aksiyalarini o‘tkazishni mo‘ljallamoqdalar.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 57
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar