“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:46
ЎЗO‘Z

Hukumat qarori: Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi

18 мая, 12:45 3 171 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hukumat qarori: Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi Hukumat qarori bilan Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Nizomga muvofiq, import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha huquqbuzarliklarning oldini olish tartibi quyidagicha:

Davlat bojxona xizmati organlari soliq to‘lovchilarning eksport-import operatsiyalari hamda tovarlar harakati to‘g‘risida ma’lumotlarni – Davlat soliq qo‘mitasiga, soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan import operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “O‘zstandart” agentligiga bojxona rasmiylashtiruvidan keyin uch kun muddatda taqdim etadi.

Ushbu ma’lumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotlar bazasida har bir import qiluvchi bo‘yicha nazorat kartochkalari yuritiladi. Bunda maxsus dasturiy mahsulot orqali ma’lumotlar tahlil qilinadi va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi (yuqori, o‘rtacha, past).

Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past bo‘lgan import qiluvchilar nazoratdan chiqariladi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va o‘rtacha bo‘lgan import qiluvchilar faoliyati kameral nazoratdan o‘tkaziladi.

Soliq hisobotlarida tafovutlar mavjudligi aniqlansa, bu haqda soliq to‘lovchiga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bir ish kuni mobaynida talabnoma yuboriladi.

Taqdim etilgan axborotlarning ishonchliligini hamda import qiluvchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga chiqqan holda mavzuli ekspress-o‘rganish o‘tkaziladi.

Nazorat tadbirlari natijasida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallar uch kundan kechiktirilmay huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar