“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:57
ЎЗO‘Z

Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etildi

15 мая, 15:48 3 003 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etildi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Farmon bilan Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etildi.

Qabulxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri tadbirkorlarni hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazishdir.

Farmonga muvofiq, qabulxonalarda tadbirkorlarni, chet ellik investorlarni qabul qilish har kuni amalga oshiriladi.
Bosh vazir murojaatlari vakolatli organlar tomonidan hal etilmagan tadbirkorlarni, shu jumladan, chet ellik investorlarni doimiy asosda shaxsan qabul qiladi.

Qabulxonalarda mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan berilgan murojaatlar ko‘rib chiqiladi.
Qabulxonalar sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axborotni har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislaridamuhokama qilish uchun kiritadilar.

Farmon bilan hisobot tizimi amaliyotga joriy etiladi. Unga ko‘ra:

- qabulxonalar faoliyati natijalari har chorakda Bosh vazir raisligida alohida yig‘ilishlarda, shu jumladan, videokonferensaloqa orqali ko‘rib chiqiladi;
- Hukumat tarkibidagi qabulxonalar bo‘yicha kotibiyat Bosh vazirgaqabulxonalarga kelib tushgan murojaatlarning ko‘rilishi jarayoni haqida har haftada axborot kiritadi.

Qarorga muvofiq «business.gov.uz» yagona interaktiv portali ishlab chiqiladi.

Portalda tadbirkorlar tomonidan hududlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa parametrlar kesimida muammo kelib chiqqan aniq biznes-jarayonni aks ettiruvchi murojaat qilinish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Portal orqali ariza beruvchi o‘zining shaxsiy kabineti orqali murojaatning ko‘rib chiqilishi jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 207
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar