Uch braziliyalik milliarder Marsel Xerrmann Telesh (Forbes ro‘yxatida 119-o‘rinda, boyligi — 10,2 mlrd dollar), Jorj Paulo Lemann (34-o‘rinda, 19,7 mlrd dollar) va Karlos Alberto Sikupira (146-o‘rinda, 8,9 mlrd dollar) tomonidan nazorat qilinuvchi “3G Capital” investision kompaniyasi oziq-ovqat sanoatiga va salqin ichimliklar ishlab chiqarishga sarmoyalar kiritish uchun jamg‘arma tuzish haqida muzokaralar olib bormoqda.
Tahlilchilarning fikricha, jamg‘arma tuzuvchilari “Coca-Cola” biznes-imperiyasini qo‘lga kiritishni niyat qilishgan.
Tahlilchilar bu braziyalik tadbirkorlarning bunday yo‘l tutishlarini anchadan beri kutmoqdalar, deb ta’kidlaydi “Forbes” mualliflaridan biri Anderson Antunesh.
Ularning kompaniyasi “Anheuser-Busch InBev” dunyodagi eng katta pivo ishlab chiqaruvchisiga aylanib bo‘lgan. Bu kompaniyaga 200 xil, jumladan, Amerikada eng ommaviy bo‘lgan “Budweiser” pivo brendi ham tegishli hisoblanadi.
Manba:
Kun.uz