“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:59
ЎЗO‘Z

Soliq qo‘mitasi: QQS bo‘yicha ilk chorakning «g‘alviri» suvdan ko‘tarildi

10 мая, 16:36 3 699 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliq qo‘mitasi: QQS bo‘yicha ilk chorakning «g‘alviri» suvdan ko‘tarildi Yangilikka moslashish uchun ma’lum vaqt talab etiladi. Shu ma’noda, umumbelgilangan soliq to‘lash tartibiga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va korxonalarning soliq hisobotlarida juz’iy xato va kamchiliklar kuzatilishi tabiiy holat, deb xabar bermoqda DSQ matbuot xizmati.

Bildirilishicha, ularning oldini olish eng muhim vazifa sanaladi. Davlat soliq qo‘mitasi ko‘rsatmasiga muvofiq, Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan Tezkor harakat guruhlari tashkil qilinib, 2019 yil 1-chorak yakuni bo‘yicha soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoboti o‘rganildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini taqdim etish majburiyatiga ega 2168 ta korxonaning 2152 tasi dastlabki tahlillardan o‘tkazilganda, 1568 ta korxonada mavjud kamchiliklar aniqlanib, holat yuzasidan murojaat xatlari yuborildi.

«0» hisobot taqdim etish
Ya’ni, bunda tadbirkorlik sub’ekti o‘zini go‘yoki hech qanday biznes harakatni amalga oshirmaganday ko‘rsatishga urinadi. Lekin bu kabi soliq to‘lovchilarning faoliyatlarini tashqi manba dasturiy mahsuli ma’lumotlari hamda bank aylanmalari oshkor qilib qo‘yadi.

Masalan, Andijon shahridagi «A. H » MChJ mart oyi hisobotini aynan shu ko‘rinishda topshirgan. Aslidachi? Tashqi manbadan olingan ma’lumotlar ushbu jamiyat 213 million so‘m bank aylanmasini hisobotida ko‘rsatmaganini aniqlab berdi. Bu esa uning 35 million so‘m mablag‘dan ziyod qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lamaganini anglatadi.

Bunday kamchilikka yo‘l qo‘ygan faqat ushbu jamiyat emas, 903 ta korxona aynan uning «ishi»ni takrorlagan.

Manfiy hisobot topshirish
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan soliq to‘lovchilarning xaridor bilan kelishgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan realizatsiya qilishi.

Xuddi shunday xatolikka yo‘l qo‘ygan 368 ta korxona tomonidan 77 milliard so‘m manfiy hisobot taqdim etilgan.

Ilovalarni xato to‘ldirish
Korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini to‘ldirish jarayonida ba’zi bir ilovalarni «unutib» qoldirishgan.

«B.M» korxonasi qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini to‘ldirish tartibining 5-ilovasida yil boshida 708 million so‘m realizatsiya qilinganini ko‘rsatgan. Ammo tovarlarni realizatsiya qilish oborotining 1-ilovasiga shu summa kiritilmagan. Natijada 141 million so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmay qolgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 123
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar