“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:47
ЎЗO‘Z

Markaziy bank raisi nima uchun muomalada naqd pul ulushi yuqori ekanini ma’lum qildi

07 мая, 17:23 3 370 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank raisi nima uchun muomalada naqd pul ulushi yuqori ekanini ma’lum qildi Muomaladagi naqd pul hajmining yuqori ekani O‘zbekiston fuqarolarining bozorlarda oldi-sotdi operatsiyalarni asosan naqd pulda amalga oshirayotgani bilan bog‘liq. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 4 may kuni Oliy Majlis Senatidagi hisobotida ma’lum qildi.

«Har bir mamlakatda umumiy pul massasidagi naqd pul ulushi savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Bizning xalqimiz 80 foiz oldi-sotdini bozorlarda amalga oshiradi. Shu sababdan naqd pul ulushi bizda Yevropa va boshqa davlatlar bilan taqqoslanganda yuqori. So‘nggi ikki yilda biz [muomaladagi naqd pulning] 26 foizlik ulushi bilan ish olib bormoqdamiz. Avval 40 foiz edi. Naqd pul ulushi qancha yuqori bo‘lsa, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi uchun xatarlar shuncha baland bo‘ladi», — dedi u.

MB raisi so‘zlariga ko‘ra, 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotlarning joriy etilishi odamlarga o‘zlari bilan naqd pul olib yurish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.

Humo milliy to‘lov tizimi esa iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirishga qaratilgan, dedi u.

Mamarizo Nurmurodov yaqin vaqtlarda fuqarolarni uyma-uy o‘rganish orqali pensiyalarni naqd pulda berish amaliyotiga barham berilishini ham aytib o‘tdi.

«Sizga avvaldan aytishim kerakki, uyma-uy o‘rganish orqali pensionerlarga naqd pul berishni to‘xtatuvchi tizim yaratishni xohlaymiz. Odamlar istagan vaqtda naqd pul olishlari uchun har bir mahallaga, xizmat ko‘rsatish maskanlariga bankomatlar o‘rnatamiz. Bu, ehtimol, bir-ikki yil vaqt olishi mumkin», — dedi MB raisi. U, shuningdek, o‘zgarishlarga ko‘nikish oson bo‘lmasligi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Mamarizo Nurmurodov tumanlarda banklarning ikki-uchtadan filiali borligidan kelib chiqib, bank tizimining amaldagi holatidan voz kechish bo‘yicha rejalarni ham oshkor qildi.

«Tumanlarda 10−15 tadan chakana bank xizmatlari markazlari bo‘ladi, ya’ni odamlar xizmatlardan foydalanish uchun tuman markaziga borishi shart bo‘lmaydi. Shu yo‘l bilan bank xizmatlarini aholiga yaqinlashtirishni xohlaymiz», — dedi u.

Bugun aholi zich aholi punktlariga 24/7 rejimida ishlovchi 205 ta chakana bank xizmatlari markazi va 332 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayriboshlash punkti o‘rnatilgan.

«Bu, albatta kam. Ularning katta qismi Toshkentda, viloyatlar markazlarida — bir-ikkitadan. 2019 ilda biz bankomatlar sonini 2000 taga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz», — dedi MB raisi.

Zamonaviy bank xizmatlarini joriy etish — Markaziy bankning ustuvor vazifasi. «27 yil davomida biz hech qanday yangilik qilmadik. Tan olaman, ko‘plab masalalarda boshqalardan orqada qoldik. Asosiy maqsad — xorijiy banklarning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish orqali ushbu yo‘nalishni rivojlantirish, banklarimiz o‘rtasida raqobat muhitini yaratish. Bizning maqsadimiz — bank sohasidagi davlat ulushini shunchaki tushirish emas, balki zamonaviy bank xizmatlarini joriy etish orqali ulushni kamaytirishdan iborat», — dedi Mamarizo Nurmurodov.

U banklardagi davlat ulushini sotish masalasida shoshilmaslik kerakligini ta’kidladi: «Prezident shoshmaslikka buyurdi. Ya’ni davlat ulushidan xalos bo‘lishga harakat qilinmaydi. Xaridor bank tizimiga yangi g‘oyani joriy etishi lozim».




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 42
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 123
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 71
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 42
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar