“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:29
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev farg‘onalik dehqonlar bilan suhbatlashdi (foto)

06 мая, 22:23 5 684 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev farg‘onalik dehqonlar bilan suhbatlashdi (foto) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni Farg‘ona tumanidagi «Komiljon ota Mamajonov» fermer xo‘jaligi dalasida viloyat dehqonlari bilan suhbatlashdi.

Mirishkorlar bu mavsum yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgani, shunga qaramay barcha ekinlardan yaxshi hosil kutilayotganini qayd etdi. Davlat xaridi uchun paxta va g‘alla narxlari keskin oshirilgani fermer va ishchilarning daromadini ko‘paytirib, mehnatga munosabatini o‘zgartirganini ta’kidlashdi.

— Hamma iqtisodiy sohalarda asosiy mezon — daromad, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Manfaatdorlik bo‘lsa, ish, natija bo‘ladi. Bozor talabini o‘rganib, aql bilan ish tutilsa, daromad ko‘payadi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 14 martdagi «Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mahsulotlar yetishtirish va sifatli saqlash, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, eksport barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratgani qayd etildi. Farg‘ona viloyatida ham tomorqa yer egalari va fermerlar kooperatsiya tamoyili asosida birlashib, meva-sabzavotchilik klasterlariga aylanmoqda. Bozorbop mahsulotlar yig‘ilib, qo‘shni mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

— Qishloq xo‘jaligida klaster tizimi yaxshi natija beradi. Chunki u o‘zi yetishtiradi, o‘zi qayta ishlaydi, o‘zi sotadi, odamlarni ish bilan ta’minlaydi. Yana bir muhim tomoni, tumanlarda ishbilarmonlik muhiti paydo qiladi. Katta daromad topayotganlarni ko‘rib, boshqalarning ham dunyoqarashi o‘zgaradi, intiladi, ulardan o‘rganadi, — dedi Prezident.

Komiljon ota Mamajonov» fermer xo‘jaligi ham g‘allachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan. Shuningdek, 7 gektarda tokzor tashkil etilgan. Ekindan bo‘shagan yerda mosh yetishtirish, 5 gektar limonariy tashkil etish rejalashtirilgan. Bugungi kunda g‘alla avjida o‘smoqda.

Shu yerda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida amalga oshiriladigan loyihalar, ishga tushirilishi rejalashtirilgan korxonalar haqida ma’lumot berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 42
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 123
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 71
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 42
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar