“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:11
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

15 apr, 13:30 3 879 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Qozog‘iston Respublikasi milliy iqtisodiyot vaziri Ruslan Dalenov Markaziy Osiyo savdo-iqtisodiy xalqaro markazni tashkil etish masalasi bo‘yicha idoralararo anglashuv memorandumini;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Jasur Akromov hamda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan Qozog‘iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumni;

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov hamda Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vaziri Nurlan Yermikbayev havo hujumidan mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risida idoralararo bitimni hamda ikki davlat harbiy aerodromlarida harbiy havo kemalarini qabul qilish, aerodrom texnik ta’minoti va harbiy havo kemalarini qo‘riqlash to‘g‘risida idoralararo bitimni;

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kutbiyev hamda Qozog‘iston Respublikasi mehnat va aholini muhofaza qilish vaziri Berdibek Safarbayev mehnatkash migrantlarning mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitimni;

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimni, daromadlarga va mulkka ikki yoqlama soliq solinishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bitim doirasida rezidentlikni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi to‘g‘risida bitimni hamda ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini;

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim Jomart-To‘qayev davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotini imzoladi.
Кўксарой. Ўзбекистон ва Қозоғистон музокаралари якунлари бўйича икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими

Кўксарой. Ўзбекистон ва Қозоғистон музокаралари якунлари бўйича икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими

Опубликовано Шавкат Мирзиёев - Shavkat Mirziyoyev Понедельник, 15 апреля 2019 г.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 143
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 122
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar