“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:09
ЎЗO‘Z

Markaziy bank: O‘zbekistonda xorijiy valyutaga bo‘lgan talab nima sababdan o‘sdi?

15 fev, 13:37 5 410 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank: O‘zbekistonda xorijiy valyutaga bo‘lgan talab nima sababdan o‘sdi? 2018 yilning IV choragi davomida almashuv kursi dinamikasiga to‘lov balansining holati, pul-kredit sharoitlari, foiz stavkalari o‘rtasidagi farq, tashqi bozorlardagi o‘zgarishlar va boshqa ichki omillar ta’sir ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank.

2018 yilda ichki bozorda intervensiyalarning umumiy hajmi 3,8 mlrd. dollarni (undan 3,2 mlrd. dollar – Markaziy bank mablag‘laridan) tashkil etib, xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talabning 37 foizini qoplashga xizmat qildi.
2018 yil IV chorakda intervensiyalarning umumiy hajmi 2017 yilning mos davriga nisbatan 769 mln. dollarga o‘sdi. Xorijiy valyutalarga bo‘lgan umumiy yillik talab 10,4 mlrd. dollarni tashkil qildi, bu 2017 yildagi ko‘rsatkichdan 1,5 barobar ko‘proqdir.

Xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning o‘sishiga quyidagi omillar sabab bo‘ldi:
- birinchidan, iqtisodiyotni kreditlash va davlat xarajatlarining yuqori suratlarda o‘sishi sharoitida asbob-uskuna, texnologiya va texnologik liniyalar ko‘rinishida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi sezilarli o‘sdi;
- ikkinchidan, iqtisodiyotda qurilish ishlari hajmining kengayishi tayyor qurilish materiallari va ularni ishlab chiqarish uchun xom-ashyo ichki taklifining cheklanganligi sharoitida ushbu tovarlar importining oshishiga sabab bo‘ldi (asosan, metallurgiya sohasi uchun);
- uchinchidan, iste’mol talabi va iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqarishning oshishi xom-ashyo importining oshishiga olib keldi;
- to‘rtinchidan, mahalliy avtomobillar ishlab chiqarish va sotish hajmlarining o‘sishi bilan avtomobil sanoati uchun xom-ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va ishlab chiqarish liniyalari importi oshdi.

Intervensiyalardan tashqari, xorijiy valyutaga bo‘lgan talab to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar (1,8 mlrd. doll.), eksportdan tushum (14,3 mlrd. doll.) va xalqaro pul o‘tkazmalari (5,1 mlrd. doll.) hisobidan qondirildi. O‘z navbatida, tashqi valyuta oqimlari hajmining yetarliligi almashuv kursining keskin tebranishlarini oldini olishga yordam berdi.

Import hajmining 39,6 foizga (19,6 mlrd. dollar) oshishi muayyan darajada davlat xarajatlari va iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining o‘sishi bilan izohlanadi. Buning natijasida, tashqi savdo balansi defitsiti 2017 yil bilan solishtirganda 3,8 mlrd. dollarga ko‘paydi va 5,3 mlrd. dollarni tashkil etdi. Xorijiy valyutaga bo‘lgan yuqori talab, o‘z navbatida, milliy valyuta almashuv kursiga devalvatsion bosimni kuchaytirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 35
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 121
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar