“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:09
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini tartibga solish soddalashtiriladi

13 fev, 11:50 4 809 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini tartibga solish soddalashtiriladi Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Dasturga ko‘ra, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda ishlab chiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- sohaga oid qonunosti hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, havolaki normalarni maksimal darajada qisqartirgan holda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga oid barcha jihatlarni tartibga solish;
- xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida va tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, valyuta operatsiyalarini tartibga solishni soddalashtirish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z valyuta mablag‘idan erkin foydalanish huquqining kafolatini mustahkamlash;
- mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish;
- valyuta bozori faoliyatini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish;
- norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritishi natijasida olingan mablag‘larini chet el valyutasiga ayirboshlash amaliyotini yanada soddalashtirish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochi - Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 mart, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 aprel.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 144
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 123
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar