“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 01:55
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

23 yanv, 22:36 4 355 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining buyrug‘i bilan kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya faqat chet el yuridik shaxslariga ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida sho‘’ba yoki boshqa korxonalarni ochish orqali beriladi.

Chet el yuridik shaxsning sho‘’ba yoki boshqa korxonasi o‘z faoliyatini chet el yuridik shaxs nomiga berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Chet el yuridik shaxslarining kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan sho‘’ba yoki boshqa korxonalarining ustav kapitallarida (fondlarida) yuridik shaxslarni - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarini ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Quyidagilar kripto-birja faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

a) ariza berilgan sanada pul mablag‘i shaklida eng kam oylik ish haqining kamida o‘ttiz ming baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamg‘armasi mavjudligi, shundan yigirma ming baravari O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yiladi;

b) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarga joylashtirilgan hamda mazkur nizomda nazarda tutilgan talablarga javob beradigan ishlab turgan elektron kripto-birja savdo tizimi mavjudligi;

v) kripto-birja savdo qoidalarining mavjudligi, ularda quyidagilar ko‘zda tutilishi shart:
- ishtirokchilarga kripto-birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish tartibi;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar;
- kripto-aktivlarni muomalaga qo‘yish va muomaladan chiqarishga ruxsat berish tartib-taomillari;
- kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;
- bitimlar tuzishda kripto-birja savdolari ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
- kripto-birja xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori va uni belgilash tartibi;
- kripto-birjalarda narxlar manipulyatsiyasi va maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari;
- kripto-aktivlardan g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanishni taqiqlash;

g) kripto-aktivlarni ularga bo‘lgan talab va taklif asosida kotirovkalash;

d) mijozlarning kripto-aktivlar bilan operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, ularning identifikatsiya ma’lumotlarini va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar bo‘yicha materiallarni, jumladan ish yozishmalarini besh yil davomida saqlash;

ye) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga amal qilish;

j) kripto-birja faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq axborotlarni litsenziyalovchi organ talabi bilan taqdim etish.
Litsenziya berishni rad etishga quyidagilar asos bo‘ladi:
- litsenziya talabgorining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
- litsenziya talabgori taqdim etgan xujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
- litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.

Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 140
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 116
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 84
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 196
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 0
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 0
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 0
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 11
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 9
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 53
  • Bo‘limlar