“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:13
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlarining qay birida benzin eng arzon?

24 dek, 15:00 6 215 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlarining qay birida benzin eng arzon? 19 dekabr kuni Qozog‘iston energetika vaziri K.Bozumbayev hukumat yig‘ilishida Qozog‘istonda motor yonilg‘isi narxlarini qo‘shni mamlakatlardagi narxlar bilan taqqosladi.

Tadbir davomida ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston neft mahsulotlari bozoridagi vaziyat barqaror, yoqilg‘i-moylash materiallarining yetishmasligi kuzatilmayapti. Qozog‘istonda AI-92 benzinining o‘rtacha chakana narxi 154,8 tenge/l (3475,26 so‘m). Qozog‘istonda dizel yoqilg‘isi narxi - 193,2 tenge/l (4337,34 so‘m).

2018 yil 10 dekabr holatiga ko‘ra, respublika neft bazalarida yoqilg‘i-moylash materiallarining qoldig‘i miqdori ichki bozorning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli: AI-92 benzini zaxirasi - 267,5 ming tonna, dizel yoqilg‘isi - 143,2 ming tonna.

Taqqoslash uchun K.Bozumbayev qo‘shni mamlakatlardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida mavjud bo‘lgan o‘rtacha narxlarni keltirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida benzinning chakana narxi 230,5 tenge (5174,73 so‘m), O‘zbekistonda - 273 tenge (6128,85), Qirg‘izistonda - 234 tenge/l (5253,30).

Rossiya Federatsiyasida dizel yoqilg‘isi narxi - 246,5 tenge (5533,93 so‘m), Qirg‘izistonda - 250,8 tenge (5630,46), O‘zbekistonda - 208 tenge/l (4669,60).

Eslatib o‘tamiz, 16 noyabrdan O‘zbekistonda 1 litr AI 80 chakana narxi 4000 so‘mga teng, AI 91 - 4500 so‘m, dizel yoqilg‘isi 4800 so‘m va EKO dizel yoqilg‘isi 4900 so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, noyabr oyi o‘rtalarida Toshkentdagi «Lukoyl» yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import qilinadigan Rossiya benzini va dizel yoqilg‘isi narxi yangilandi:

- AI-92 – 7200 so‘m;

- AI-95 – 7800 so‘m;

- Dizel yoqilg‘isi - 8000 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekneftgaz» rahbari prezidentning benzin narxi pasayishi haqidagi so‘zlarini tushuntirgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 63
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 135
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 50
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar