“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 09:00
ЎЗO‘Z

Hind kompaniyasi o‘zbek olimlari yaratgan texnologiyani tijoratlashtirish niyatida

22 dek, 10:02 3 695 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hind kompaniyasi o‘zbek olimlari yaratgan texnologiyani tijoratlashtirish niyatida Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish ishlari doirasida Hindistonning “Arvind Limited” tekstil kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Arvind Limited” tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalar ichida Hindistondagi eng yirik va dunyodagi to‘rtinchi kompaniya hisoblanadi. Yillik pul aylanmasi 2 mlrd. AQSh dollarga teng. Tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bir qatorda kompaniya qishloq xo‘jaligi sohasida ham faoliyat yuritib, telekommunikatsiya, injiniring va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadi”, - deydi “Arvind Limited” kompaniyasining paxtachilik va agrobiznes bo‘yicha direktori Pragnesh Shax.

Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi iqtisodiy-investitsion siyosat, xorijiy investorlarga yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, tekstil sohasida klaster loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan, paxta yetishtirish va qayta ishlash hamda tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agro-tekstil klasterini yaratish masalalari muhokama etildi. Shu bilan birga mehmonlarda o‘zbek olimlari tomonidan yaratilgan paxta gen-nokauti texnologiyasi katta qiziqish uyg‘otib, mazkur texnologiyani tijoratlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishlari mumkinligini ma’lum qilishdi.

Manba: “Xalq so‘zi Online”




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 137
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 108
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 82
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 182
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 97
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 181
  • Bo‘limlar