“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:01
ЎЗO‘Z

Tadbirkorlik sub’ektlariga umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tish tartibi tushuntirilmoqda

28 noya, 08:45 4 037 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadbirkorlik sub’ektlariga umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tish tartibi tushuntirilmoqda Kelgusi yildan soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? Tadbirkorlik sub’ektlari uchun berilayotgan soliq imtiyozlari nimalardan iborat? Yil yakuni bo‘yicha yillik oboroti 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalar qay tartibda umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi? Tadbirkorlar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan seminarlarda ana shu kabi dolzarb savollarga javob topishdi.

Bugun yurtimizda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 iyunidagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Seminarda Konsepsiyaga asosan, 2019 yil 1 yanvardan soliq sohasiga joriy etilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Xususan, kelgusi yildan boshlab, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 12 foiz miqdoridagi yagona stavkasi joriy etiladi. Bundan tashqari, Pensiya jamg‘armasiga 8 foiz miqdoridagi sug‘urta badali to‘lovi bekor qilinmoqda. Yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 12 foizgacha pasaytiriladi. Mazkur me’yorlarning amaliyotga joriy etilishi orqali mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki kamaytiriladi.

Shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning tovar aylanmasidan 3,2 foiz miqdorida undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinadi. Bundan tashqari, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari kamaytiriladi.

O‘z navbatida soliq stavkalarining pasaytirilishi hisobiga birgina Sirg‘ali tumanida 339,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘larni soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoldirish imkonini beradi.

Seminarda Prezident Farmoniga asosan, yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish tartibi ko‘rgazmali vositalar hamda slaydlar yordamida tushuntirildi.

– Joriy yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha Sirg‘ali tumanida 1 milliard so‘mdan ortiq tovar aylanmasiga ega bo‘lgan 390 ta korxona mavjud, - dedi Sirg‘ali tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jahongir Mirpo‘latov. – Ularning barchasiga 2019 yilning 1 yanvaridan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishlari zarurligi haqida xabarnomalar jo‘natilgan. Hozirgi kunga qadar 237 ta korxona umumbelgilangan soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Konsepsiyaga asosan soliq sohasiga joriy etilayotgan ushbu yangilik yuzasidan Sirg‘ali tumanidagi tadbirkorlardan ko‘plab savollar tushayotganligi sababli seminar tashkil etilib, tadbirkorlar bilan bevosita uchrashgan holda javob berildi.

Seminarda hisobot yili yakunlari bo‘yicha 1 milliard so‘mdan ortiq tovar aylanmasiga ega bo‘lgan tadbirkorlar 2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishlari zarurligi haqida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan xabar qilinadi. Xabarnoma olgan tadbirkorlar joriy yilning 12 noyabridan 12 dekabrigacha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

– Ayni paytda korxonamiz yagona soliq to‘lovi to‘lab kelayotgandi, - dedi tadbirkor Nargiza Umarova. – Joriy yil 9 oyi yakuni bo‘yicha umumiy oborotimiz 1 milliard so‘mdan oshganligi bois 2019 yildan umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tishimiz haqida xabarnoma oldik. Shundan so‘ng umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga qay tartibda o‘tamiz? Soliqlarni qay tartibda to‘laymiz? degan ko‘plab savollar tug‘ilgandi. Ochig‘i bir oz ikkilanishlar ham yo‘q emasdi. Bugungi seminarda Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari barcha savollarimizga javob berishdi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun tashkil etilgan seminar ham mazmunan boy va samarali bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish tartibi ko‘rgazmali vositalar hamda slaydlar yordamida tushuntirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanida 1 mlrd so‘mdan ortiq tushumlarga ega bo‘lgan 576 ta korxona mavjud. Ularning barchasiga umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishlari zarurligi haqida xabarnomalar jo‘natilgan. Joriy yilning 26 noyabr holatiga 265 ta korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishga ham ulgurgan.

Seminarda ishtirokchilar tomonidan Konsepsiya soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish orqali iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari vakillari muloqotlar chog‘ida soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bois bugungi kunda soliq xodimlari soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori, yaqin maslahatchisiga aylanib borayotganligini alohida ta’kidlashdi. Bu esa fuqarolarda ham, tadbirkorlarda ham shu yurtga daxldorlik tuyg‘usi shakllanib, insofli soliq to‘lovchilar safi kengayayotganidan darak beradi.

O‘zaro muloqot tarzida o‘tayotgan bu kabi seminarlar poytaxtimizning barcha tumanlarida o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar