“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:33
ЎЗO‘Z

XVJ: O‘zbekistonda 2018 yil yakunida inflyatsiya 18 foizni tashkil qiladi

08 noya, 21:21 4 635 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
XVJ: O‘zbekistonda 2018 yil yakunida inflyatsiya 18 foizni tashkil qiladi O‘zbekistonda 2018 yil yakunida inflyatsiya 18 foizni tashkil qiladi. Ayni damda inflyatsiya 16 foizni tashkil qilmoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha departament direktorining maslahatchisi Albert Yeger O‘zbekiston Moliya vaziri va Markaziy bank raisi bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Uning fikricha, narxlar liberalizatsiyasi davrida inflyatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi kutilgan edi.

Ekspertning ta’kidlashicha, davlat imtiyozli kreditlarini kamaytirishi lozim. Bu yil umumiy kreditlar hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 44 foiz oshgan. Bu esa inflyatsiyani oshiradi. Bundan tashqari, soliq sohasida o‘tkazilishi kutilayotgan islohotlar davlat daromadlarini kamaytirib yuboradi.

Oldinroq, XVJ delegatsiyasining yakuniy bayonotida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi narxlar va oylik qiymati o‘sishiga qaramasdan 2019 yil oxirida 12-14 foizgacha tushadi deyilgan edi.

Ammo Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda oktyabr oyida tovar va mahsulotlar narxi o‘tgan oyga nisbatan 1,3 % oshgan. Shu tariqa yanvar-oktyabr uchun umumiy inflyatsiya darajasi 9,5 foizga teng bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 207
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar