“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 13:18
ЎЗO‘Z

“Farishta investorlar” kimlar?

06 noya, 13:46 4 115 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Farishta investorlar” kimlar? Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ta’lim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, o‘quv dasturlarini ishlab chiqarish bilan hamohangligini ta’minlash va eng asosiysi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida “Innovatsion menejment” o‘quv-trening malaka oshirish kurslari o‘tkazildi. Mazkur kurslar OTMlarning ilmiy-ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun tashkil etildi. Yaqinda uni muvaffaqiyatli yakunlagan prorektor va direktor o‘rinbosarlari sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu o‘quv-treningda OTM va OTMlarda innovatsion faoliyat asoslari, ”Ilmiy tadqiqotlar innovatsion ishlanmalar tanlovini tashkil qilish hamda ilmiy faoliyatni innovatsion rivojlantirish istiqbollari”, “Innovatsion tadbirkorlik va uni moliyalashtirish” kabi mavzular keng yoritildi.

Jumladan, lektorlardan biri – Innovatsion ishlanmalarni joriy etish markazi xodimi Q.Abdurazzoqov innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning noan’anaviy usullari bo‘lgan farishta investorlar (angel investors) va venchur kompaniyalarning amaliy tamoyillari hamda investitsiya shartlari haqida ma’lumotlar berdi. Hayotiy misollardan foydalanib, innovatsion mahsulot va xizmatlarga investitsiya jalb etish, investorlar bilan ishlash yo‘llari muhokama qilindi.

Ma’lumki, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar biznes doiralarida e’tiborli o‘rin egallagan “farishta investor”lar va venchur fondlari mamlakat iqtisodiyotini o‘sishiga xizmat qilib kelmoqda. Venchur fondlari, “farishta investorlar” kabi iboralar ko‘pchilik uchun yangi tushunchalar bo‘lgani bois ularning mohiyati, faoliyat yuritish tartibi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. “Risk kapitali”,ba’zi xollarda “pay kapitali” (equity sapital)deb nomlanadigan bunday turdagi investitsiya manbalari, atamalar mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki, ma’lum ulush evaziga tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan innovatsion loyihalarni, startaplarni moliyalashtirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlash funksiyasini bajaruvchi akseleratorlar tomonidan saralab olingan startaplar bir necha oylik tayyorlov dasturlarini o‘taganlaridan so‘ng o‘z loyihalarini farishta investorlar oldida namoyish qiladilar. Ulardan muvaffaqiyat qozonish ehtimoli yuqori bo‘lgan, “farishtalar” tomonidan munosib ko‘rilganlariga firmaning ma’lum ulushi evaziga investitsiya kiritiladi.“Farishtalar” aksariyat hollarda tajribali mohir tadbirkorlar bo‘lib, startaplar muvaffaqiyatidan manfaatdor ekanliklari sabab ham o‘z fikr va maslahatlari bilan ko‘mak beradilar.

Treningda akseleratsiya markazlari innovatsion faoliyatni oshirishda qanday rol o‘ynashi haqida ham aytib o‘tildi. Trening davomida prorektorlarni qiziqtirgan boshqa savollar ham muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi olti oylik bepul startap-akseleratorlar tashkil etish arafasida turibdi. Shu munosabat bilan Ilg‘or texnologiyalar markazi startap akseleratorning potensial ishtirokchilari uchun maxsus seminarlar tashkil etgan bo‘lib, tadbirda noan’anaviy fikrlash, jamoada ishlash, akseleratorda ishtirok etish qoidalari va bosqichlari, interfaol o‘yinlar, yangi loyihalar taqdimoti bo‘lishi kutilmoqda. Bu ham bo‘lsa, yurtimizda yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish ishlari faollashayotganidan dalolatdir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 120
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 48
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 100
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 81
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 177
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 1
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 0
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 0
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 9
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 8
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 4
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 13
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 85
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 47
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 107
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 62
  • Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi 30 apr, 06:39 48
  • Bo‘limlar