“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:56
ЎЗO‘Z

Dollar kursi yana oshmoqda – bu safar 13 so‘mga

03 noya, 20:00 4 053 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dollar kursi yana oshmoqda – bu safar 13 so‘mga AQSh dollari rasmiy kursining oshishi davom etmoqda. Dushanba kuni Markaziy bank rasmiy kursi 13 so‘mga oshib, 1 AQSh dollari 8250 so‘mni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda valyuta birjasida oxirgi haftada bo‘lib o‘tgan savdo yakunlari dalolat beradi.

Valyuta birjasida dollar kursi bir haftada 22 so‘mga oshgan. Hafta davomida birjada dollar savdosi hajmi 373 mln AQSh dollarni tashkil etgan. Oktyabr oyida umumiy savdo hajmi esa qariyb 2 mlrd AQSh dollariga yetgan.

Rasmiy dollar kursi qariyb 3 oy davomida muntazam oshib kelmoqda. Avgust oyi boshida joriy yilning eng past dollar kursi qayd etilgan edi – 7783 so‘m. Hozirga kelib dollar 467 so‘mga, ya’ni 6 foizga qimmatladi. Lekin yil boshidan hisoblansa, dollar kursi 10 oyda 1,5 foiz oshgani ma’lum bo‘ladi. Bunga sabab, avgustga qadar dollarning qariyb olti oy davomida arzonlashib borganidir.

Oldinroq Turon24 dollarning O‘zbekistonda oshish sabablarini tahlil qilgan edi. Markaziy bankning o‘tkazgan so‘rovnomalariga ko‘ra, yil oxiriga kelib AQSh dollari kursi 8300 so‘mga yetishi mumkin.

Tijorat banklaridagi dollar ayirboshlash kurslari oxirgi ikki hafta davomida o‘zgarmayapti. Deyarli barcha banklar AQSh dollarini 8220 so‘mdan sotib olmoqda. Konversion kartaga sotish kursi esa ko‘pchilik banklarda 8300 so‘mni tashkil etadi. Taxminlarga ko‘ra, keyingi haftada tijorat banklari ham rasmiy kurs orqasidan dollarning sotish va sotib olish kursini oshiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 110
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 203
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar