“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:30
ЎЗO‘Z

Oʻzbekistonda soʻnggi 9 oy davomida kuzatilgan inflyatsiya darajasi maʼlum boʻldi

02 okt, 08:01 4 130 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekistonda soʻnggi 9 oy davomida kuzatilgan inflyatsiya darajasi maʼlum boʻldi Joriy yilning sentyabr oyida isteʼmol bozorida tovarlar va xizmatlar narxi oʻrtacha 1,8 foizga koʻtarildi. Umumiy hisobda 9 oy davomida isteʼmol sektorida inflyatsiya darajasi 8,1 foizni tashkil etdi. Oy davomida umumiy narxlar darajasining oʻsishiga tovarlar 1,9 foiz, xizmatlar esa 1,2 foizga taʼsir koʻrsatdi. 2017 yil oxiriga nisbatan tovarlar narxi oʻrtacha 7,4 foizga, xizmatlar 10,1 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi hisobotida aytiladi.

2018 yilning 9 oyi mobaynida inflyatsiya darajasiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy omillar orasida ayrim tovarlar narxlarining tartibga solinishi, kreditlash hajmining ortishi natijasida iqtisodiy jabhalarda investitsion va isteʼmol talablarining kengayishi, inflyatsion taxminlarning oʻzgarishi, narxning mavsumiy oʻzgarishi, shuningdek, milliy valyuta qiymatidagi oʻzgarishlarni sanab oʻtish mumkin.

Joriy yilning sentyabr oyida aholiga pullik xizmat koʻrsatish sohasida narxlarning oʻsishida asosiy omil – oliy taʼlim muassasalarida oʻqish boʻyicha toʻlov-kontraktlarining oshirilganligidir.

2018/2019 yildan Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun toʻlov shartnomalari miqdori eng kam oylik ish haqi (EKOIH) miqdoridan kelib chiqib hisoblana boshladi. Respublika boʻyicha kuzatilayotgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha toʻlov-kontraktlari miqdori oʻrtacha 20,3 foizga oshgani (EKOIH joriy yilning 15 iyulidan 7 foizga koʻtarilgan) oy davomidagi inflyatsiyaning 0,2 foiz darajada ortishiga olib keldi.

Kommunal sohadagi narxlari tartibga solinuvchi tariflarning oʻsishi (oʻrtacha 13,8 foiz), yoʻlovchi tashish transportida yoʻl haqining oshirilishi (9,1 foiz), dam olish xizmatlari (18,2 foiz), xorijiy til oʻrgatishni hisobga olgan holda taʼlim xizmatlari va haydovchilikka oʻqitish (15,7 foiz) va maishiy turdagi xizmatlarning (8,1 foiz) qimmatlashishi taʼsirida joriy yilning yanvar sentyabr oylarida umumiy xizmatlar isteʼmol narxlari indeksi shakllandi.

2017 yilning oxiriga nisbatan temir yoʻl transportida yoʻlovchi tashish xizmatlari oʻrtacha 19,1 foizga, avtomobil transportida 9,8 foiz va havo transportida yoʻlovchi tashish xizmatlari oʻrtacha 1,5 foizga qimmatlashdi.

Fevral oyida temir yoʻl orqali qatnov narxining sezilarli darajada qimmatlashishi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻz hisob-kitoblarida avvalgi qayd etilgan Shveysariya franki qiymatidan Markaziy bankning rasmiy qiymati boʻyicha hisoblash tartibiga oʻtilganligi bilan bevosita bogʻliq. Ushbu oʻtishning oqibatlarini yumshatish maqsadida kompaniya tomonidan plaskart qiymatlarini arzonlashtirish yuzasidan hisob-kitoblarda qator pasaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 53
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 126
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 42
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar