“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:11
ЎЗO‘Z

Joriy yilning yanvar - avgust oylaridagi inflyatsiya darajasi maʼlum qilindi

01 sen, 16:26 5 967 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Joriy yilning yanvar - avgust oylaridagi inflyatsiya darajasi maʼlum qilindi 2018 yilning avgust oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi oʻrtacha 0,3%ga oshdi (yanvar oyida inflyatsiya 2,7%, fevralda 1,1%, mart oyida 1,1%, aprelda 0,9%, may oyida 0,8%, iyun va iyul oylarida deflyatsiya 0,4% va 0,3%). Joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida inflyatsiya darajasi 6,2%ni tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.

Isteʼmol bozoridagi narxlar yanvar oyida sezilarli darajada qimmatlashdi (2,7%). Iyun va iyul oylari davomida ichki isteʼmol bozorlarining qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan toʻyinishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi hamda umumiy inflyatsiya darajasining pasayishiga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.

Kuzatuv natijalariga koʻra oy davomida tovarlar narxi oʻrtacha 0,3% va xizmatlar 0,4% qimmatlashganligini joriy yilning avgust oyidagi narxlar tendensiyasini “tovar va xizmatlar narxlarining bir maromda oʻsishi”, deya tavsiflash mumkin.

Yillik inflyatsiya tahlil natijalari shuni koʻrsatmoqdaki (oʻtgan yilning mos oyiga nisbatan), mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan inflyatsiya bosimining eng yuqori darajasi joriy yilning yanvar oyi (20,1%) hissasiga toʻgʻri keladi va keyingi oylardan boshlab ushbu tendensiya aksincha, yaʼni, pasayish tomon harakatlanganligini koʻrish mumkin.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida inflyatsion trendlarga taʼsir koʻrsatgan asosiy omillar orasida quyidagilarni alohida qayd etish mumkin:

- mavsumiylik hamda iqlim sharoitlari taʼsirida meva va sabzavot guruhi mahsulotlari, shuningdek, sutli mahsulotlar, tuxum hamda parranda goʻshti narxlarining oʻzgarishi;

- import mahsulotlari bilan ichki bozorlarning toʻyinganligi (masalan, shakar va oʻsimlik moyi);

- yem-xashak (chorva ozuqalari) narxlarining koʻtarilishi natijasida chorva mollarining qimmatlashishi, shuningdek aholi tomonidan mol goʻshti mahsulotlariga boʻlgan talabning ortishi;

- guruch narxlarining qimmatlashishi isteʼmol bozoridagi ushbu mahsulot hajmining kamayishi hamda ishlab chiqaruvchilar va sotuvchi tadbirkorlar tomonidan mavsumiy qurgʻoqchilik, shuningdek, sholi ekin maydonlarining qisqartirilishi oqibatida kutilayotgan taxminlar;

- miliy valyuta qiymatining mustahkamlanishi hamda bir qancha tashqi savdo omillari natijasida import qilinuvchi mahsulotlar va ayrim turdagi xizmatlar narxlari, shuningdek, inflyatsiya darajasining oshib ketmasligiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatganligi (havo transporti xizmatlari shular jumlasidandir);

- qurilish materiallari narxlarining qimmatlashishi ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlar oʻz mahsulotlari narxlarini oshirishlari natijasida vujudga keldi va bu oʻz navbatida iqtisodiyotga nisbatan inflyatsiya bosimining ortishi bilan bir qatorda uning oʻsishiga 0,8% (yoki, oʻtgan 8 oy davomida inflyatsiyadagi umumiy ulushi miqdori 12,9%) darajada taʼsiri;

- ishlab chiqaruvchilar xarajatlarining oshishi natijasida maʼmuriy jihatdan tartibga solinuvchi kommunal sohasidagi xizmatlar narxlari qimmatlashdi. Bu oʻz navbatida mamlakatdagi inflyatsiya darajasiga bevosita va bilvosita taʼsir etdi (umumiy inflyatsiya darajasidagi taʼsir ulushi 0,8%);

- yoqilgʻi-moylash mahsulotlari bozorida shakllanayotgan holatlar natijasida aholiga avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari orqali sotiluvchi metan va propan narxining sezilarli darajada qimmatlashishi umumiy inflyatsiya darajasining 0,4% koʻtarilishiga sabab boʻldi;

- eng kam oylik ish haqi miqdorining oshirilishi ham umumiy inflyatsiya darajasiga oʻz hissasini qoʻshishi bilan bir qatorda, uning inflyatsiyaga bevosita (EKIH miqdoriga bogʻliq boʻlgan xizmatlar: huquqiy tusdagi, alohida turdagi bank xizmatlari, veterinariya xizmatlari va x.k.) hamda bilvosita (isteʼmol talablarini ragʻbatlantirish va iqtisodiyotga qoʻshimcha pul mablagʻlarini jalb qilish) yoʻllari orqali taʼsir etishi;

- “GM Uzbekistan” AJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning chakana sotish narxlarini oʻrtacha 7,7 %ga oshirilishi respublikaning umumiy inflyatsiya darajasiga 0,05% miqdoridagi taʼsiri;

- spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlari aksiz soliqlarining 2018 yilning 1 yanvaridan oshirilishi va Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yilning 5 mart kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3583-son qaroriga asosan 2018 yilning 1 iyunidan boshlab pivo va aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadlariga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha toʻlovlarning joriy qilinishi natijasida spirtli ichimliklar 12,5%ga va tamaki mahsulotlari narxi oʻrtacha 15,2%ga qimmatlashdi (inflyatsiyaga taʼsiri 0,2 f.d.).




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar