“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:49
ЎЗO‘Z

Markaziy bank: Iqtisodiyotdagi “dollarlashuv” darajasi kamaytiriladi

18 avg, 19:14 4 630 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank: Iqtisodiyotdagi “dollarlashuv” darajasi kamaytiriladi 2018 yilning 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Tijorat banklarining Markaziy bankda depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlarini hisoblash va depozitga o‘tkazish tartibi hamda me’yorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank axborot xizmati.

Qayd etilishicha, pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan choralar doirasida Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan majburiy rezervlar tartibi va me’yorlariga, joriy yilning 1 oktyabridan amal qilinishi ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan:

- majburiy rezervlarni tijorat banklar tomonidan jalb qilingan majburiyatlarning valyutasidan qat’iy nazar faqat milliy valyutada shakllantirish bo‘yicha tartib o‘rnatilmoqda;

- yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha me’yorlari bir xillashtirilmoqda;

- yuridik shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari uchun majburiy rezervlar me’yorlari pasaytirilmoqda;

- chet el valyutasidagi depozitlar bo‘yicha majburiy rezervlar uchun nisbatan yuqori me’yorlar kiritilmoqda.

Ushbu o‘zgartirishlar:

- milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarining jozibadorligini oshirishga;

- iqtisodiyotdagi “dollarlashuv” darajasini kamaytirishga;

- bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishda bozor mexanizmlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotdagi inflyatsiyaning prognoz darajasi va foiz stavkalari dinamikasidan kelib chiqib, kelgusida pul-kredit siyosati ta’sirchanligini oshirish maqsadida uning instrumentlariga Markaziy bank tomonidan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 51
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 166
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 52
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 125
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 127
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar