“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:35
ЎЗO‘Z

Endi Hisob palatasi ham valyutani nazorat qiladi

26 iyul, 09:57 4 297 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi Hisob palatasi ham valyutani nazorat qiladi “Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra birja bitimi to‘g‘risidagi axborot endilikda sudlar, surishtiruv va tergov organlari bilan birgalikda Hisob palatasiga ham uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladigan bo‘ldi.

“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalar bilan endilikda Hisob palatasi ham valyutani nazorat qiluvchi organ sifatida belgilandi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra endilikda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bir yilda kamida bir marta o‘z majlisida viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining fuqarolar huquqlari va erkinliklarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitishi belgilandi.

Shuningdek, qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Hisob palatasi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiquvchi organlar qatoriga kiritildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 83
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 201
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar