“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:09
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda tilla tangalarni sotish bo‘yicha nizom ishlab chiqildi

20 iyul, 15:26 5 385 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda tilla tangalarni sotish bo‘yicha nizom ishlab chiqildi O‘zbekistonda qimmatbaho metallardan yasalgan tangalar sotila boshlashi haqida xabar berib o‘tgandik. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan o‘lchovli yombilarni ishlab chiqarish va qimmatbaho metallar bozori faoliyatini tartibga solishni tashkillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Tangalarni yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealari hamda jamiyat hayotidagi boshqa voqealarga bag‘ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki bunday tangalarni sotish va sotib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini e’lon qildi.

Hujjatga muvofiq, Markaziy bank tangalari O‘zbekiston Respublikasi hududida nominal qiymati bo‘yicha naqd pul shaklidagi qonuniy to‘lov vositasi, shuningdek nominal qiymatidan farq qiluvchi narxlarda kolleksiya, investitsiya va tezavratsiya (jamg‘arma) ob’ektlari sifatida muomalada bo‘lishi mumkin.

Markaziy bank har haftada kamida bir marta qimmatbaho metallarning bir gramm narxini aniqlaydi va e’lon qiladi. Mazkur narx qimmatbaho metallarning bir troy unsiyasi uchun avvalgi kunning London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi (LBMA)ning ertalabki fiksing narxi va so‘mning AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursidan foydalanib belgilanadi.

Markaziy bank tangalarini sotish va qaytib sotib olish Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi va ularning joylashgan manzili haqida ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sahifasida e’lon qilinadi.

Markaziy bank tangalari jismoniy shaxslarga naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblari asosida, shu jumladan xalqaro to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladi.

Markaziy bank tangalarining yuridik shaxslarga sotuvi to‘lovni talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Loyiha bilan 3 avgustga qadar tanishish, unga taklif va izohlarni kiritish mumkin. 6 avgust kuni kuchga kirishi rejalashtirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 143
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 122
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar