“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 19:12
ЎЗO‘Z

Valyuta ayirboshlashning yangi tartiblari belgilandi

04 iyul, 22:37 4 559 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Valyuta ayirboshlashning yangi tartiblari belgilandi Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishning yangi tartibi tasdiqlandi, deb xabar berdi Norma.

Birinchidan, jismoniy shaxslar xalqaro to‘lov kartalaridagi (keyingi o‘rinlarda XTK) mablag‘larni valyuta ayirboshlash shoxobchasidagi to‘lov terminallari, chakana amaliyotlar kassalari, avtomatlashtirilgan bank shoxobchasi yoki bankomatlar orqali naqd shaklda yechib olishlari mumkin. Bunda jismoniy shaxsga naqd mablag‘lar bilan birga tegishli to‘lov hujjatlari beriladi.

Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan bank shoxobchasida naqd xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlash, shuningdek boshqa chakana to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Ikkinchidan, valyuta ayirboshlash shoxobchalari endi XTKdagi mablag‘larni naqdlashtirish bilan bir qatorda bojxona chegarasida bojxona to‘lovlari va yig‘imlarini qabul qiladigan bo‘lishdi.

Uchinchidan, bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish maxsus dasturi joriy qilinadi. Rezident jismoniy shaxslar masofadan turib maxsus dasturdan foydalangan holda chet el valyutasini sotib olish va sotish, XTKdan pul mablag‘larini muddatli depozitlarga o‘tkazish operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun dasturni kompyuter, planshet, uyali telefon yoki boshqa tegishli qurilmalarga yuklab olish hamda undan foydalanish shartlari bilan bog‘liq ofertani qabul qilish lozim.

Bunda onlayn-rejimda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun maxsus dasturidan foydalaniladigan tijorat bankida jismoniy shaxs nomiga bank kartasi va XTK ochilgan bo‘lishi lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 198
  • Qirg‘iziston O‘zbekistonga 2,5 mln litr benzin yetkazdi 18 мая, 00:15 129
  • Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston bo‘yicha hisobotini e’lon qildi 15 мая, 18:22 135
  • O‘zbekiston dunyo bo‘yicha ikkinchi oy eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi 11 мая, 20:28 189
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 210
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 81
  • So'nggi yangiliklar
  • Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dori vositalariga chidamli bakteriyalar ro‘yxatini yangiladi 20 мая, 19:00 0
  • Samarqandda 700 mln so‘m kredit ajratib berish evaziga pul talab qilgan bank xodimi ushlandi 20 мая, 18:38 0
  • Raisiyning o‘limi Eron oliy rahnamosi o‘g‘lini otasining asosiy vorisiga aylantirdi 20 мая, 18:13 1
  • Quyosh nurining foydasi va zarari: oftobda toblanish teri saratoniga sabab bo‘ladimi? 20 мая, 17:50 2
  • Haaga sudi prokurori Netanyahu va Hamas yetakchilarini hibsga olishni so‘radi 20 мая, 17:31 12
  • “Sevgi iztirobi” serialidagi Asu — Melisa Asli Pamuk turmushga chiqdi 20 мая, 17:00 12
  • Rossiyaning Xarkiv viloyatini o‘qqa tutishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi 20 мая, 16:43 37
  • AQSH rasmiysi Netanyahu bilan uchrashgan vaqtda Isroil G‘azoga zarba berdi 20 мая, 16:32 39
  • Mutaxassis: qulupnayni tuzli suvda chayib iste’mol qilgan yaxshi 20 мая, 16:27 28
  • Chegaradan yashirincha olib o‘tilayotgan «Makarov» to‘pponchasi fosh qilindi 20 мая, 16:15 24
  • Eron prezidentining halokati: birlamchi mulohazalar 20 мая, 16:11 170
  • Eron prezidentining o‘limidan kim manfaatdor edi? 20 мая, 15:59 235
  • Bo‘limlar