“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:15
ЎЗO‘Z

Moliya vaziri: “Soliq tizimida mavjud bo‘lgan eng yomon illatlar yo‘q qilindi”

02 iyul, 20:47 4 562 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moliya vaziri: “Soliq tizimida mavjud bo‘lgan eng yomon illatlar yo‘q qilindi” Bugun, 2 iyul kuni “O‘zekspomarkaz”da “O‘zbekiston soliq siyosatining yangi konsepsiyasi» mavzusida Press-klub yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘z fiklarini bildirib o‘tdi.

“Prezidentimizning Soliq siyosatini takomillashtirish to‘g‘risidagi farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. 2018 yil, 29 iyun. Tahr.) tarixiy ahamiyatga ega. Chunki u mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi bir davrni boshlab beradi. Buning sababi shuki, bugungi kunga qadar ham O‘zbekiston soliq tizimida „Sovet davri“ unsurlari bor edi. Bu nimalarda ko‘rinadi, deb savol berilsa, soliqqa tortish hamma uchun barobar emasligi, bozor iqtisodiyotining bazaviy tamoyillarining inkor qilishini ko‘rsatish mumkin”, — deydi Jamshid Qo‘chqorov.

«Yangi farmon bilan soliq tizimida mavjud bo‘lgan eng yomon illatlar yo‘q qilindi. Birinchidan, ilgari korxonalarning tovar aylanmasidan olinadigan 3,2 foizlik majburiy to‘lovlar mavjud edi. Korxona rahbari foyda ko‘radimi, ko‘rmaydimi, buni to‘lashga majbur edi. Endilikda aylanma mablag‘dan olinadigan soliq bekor qilindi.

Ikkinchi masala, aholi daromadlarini soliqqa tortish hisoblanadi. Bizda mehnatga layoqatli aholi soni 13 million bo‘lsa, ulardan bor-yo‘g‘i 4,6 million nafari soliq to‘laydi. Endi qancha odam pensiya oladi deb so‘ralsa, ular soni 3,3 millionni tashkil etadi. Demak, 4,6 million odam 3,3 million pensionerning pensiyasini ta’minlab berishi kerak. Qo‘pol qilib aytganda, 1,5 ishchi bir pensionerni boqishi kerak. Bu kabi raqamlar Yevropaning eng qarib borayotgan davlatlariga xos ko‘rsatkich. Biz yosh davlat bo‘lsak ham, vaziyat shunday. Shuning uchun ham Prezident farmoni bilan ish haqi jamg‘armasidan soliq olish keskin kamaytiriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad ish beruvchining ham, ishchining ham mehnatini yashirmasligini ta’minlash”, — deydi moliya vaziri.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 143
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 122
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar