“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:06
ЎЗO‘Z

USAID O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashmoqchi

23 iyun, 07:02 4 235 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
USAID O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashmoqchi Foto: Tashqi savdo vazirligi
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Xalqaro taraqqiyot Agentligi (USAID) vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotda qayd qilinishicha, uchrashuvda mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Muzokaralar chog‘ida USAID Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlilik, savdo va ish o‘rinlari yaratish loyihasi doirasida ushbu jarayonning boshlang‘ich bosqichida O‘zbekiston hukumatiga har tomonlama yordam berishga tayyor ekanini qayd etgan.

Muloqot chog‘ida USAID vakillari mamlakat JST a’zo bo‘lishining muhim sharti sifatida yangilangan tashqi savdo memorandumini ishlab chiqishni taklif qilgan.

Mazkur hujjat O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarga taalluqli mavjud vaziyatni to‘lig‘icha o‘zida aks ettirishi sabab muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Shuningdek, USAID ushbu vaziyatda O‘zbekistonga texnik ko‘mak berishni ham rejalashtirgan. Gap o‘zining maslahatlari bilan davlatlarga JSTning a’zolari bo‘lish imkonini bergan Yovan Yekich rahbarligidagi ekspertlarni jarayonga jalb etish haqida bormoqda, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 33
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 121
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar