“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:58
ЎЗO‘Z

«O‘zbek valyutasida bondlarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi tom ma’noda tarixiy hodisa»

22 iyun, 08:58 4 202 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zbek valyutasida bondlarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi tom ma’noda tarixiy hodisa» Kecha London fond birjasida o‘zbek so‘mida nominallashtirilgan Samarkand Bonds obligatsiyalari rasman sotuvga qo‘yildi. Shu munosabat bilan rasmiy marosim ham bo‘lib o‘tdi.

“Dunyo” AA yozishicha, uning umumiy hajmi 80 milliard so‘m(10 million AQSh dollari) bo‘lib, qarzni uzish muddati ikki yil va yillik stavkasi 9,5 foizga teng. Kelib tushgan mablag‘lar O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni loyihalarini moliyalashtirish uchun “Hamkorbank”da milliy valyutada kredit liniyasini ochishga sarflanadi.

London fond birjasi bosh ijrochi direktori Nixil Ratining so‘zlariga ko‘ra, mazkur voqea nafaqat O‘zbekistondagi kompaniyalar rivojlanishi uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb etish imkonini beradi, balki o‘zbek milliy valyutasining xalqaro imijini oshirishga turtki bo‘ladi. Moliya vazirligi London siti ishlari bo‘yicha vaziri Jon Glen o‘zbek valyutasida bondlarni muvaffaqiyatli joylashtirilishini tom ma’noda tarixiy hodisa deb atadi.

Uning fikricha, O‘zbekiston va birja o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning ravnaq topishi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘taradi.

O‘z navbatida O‘zbekistonning sarmoyaviy va mamlakatni xalqaro kapital bozorga chiqish imkoniyatlariga bag‘ishlangan davra suhbati ham tashkil etildi. Tadbirda investitsion banklar va jamg‘armalar, xalqaro moliya institutlari, Britaniya ishbilarmon va rasmiy doiralari vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro sarmoyadorlar mamlakatning suveren reyting olish, davlat obligatsiyalari va korporativ bondlar chiqarish bo‘yicha rejalariga qiziqish bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 69
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 38
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 131
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 54
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar