“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:11
ЎЗO‘Z

25 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar aholiga garovsiz beriladi

14 iyun, 23:15 8 277 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
25 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar aholiga garovsiz beriladi “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdorda bo‘lgan kredit mablag‘lari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyanomalari asosida berilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda O‘zLiDeP matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur dastur respublikaning har bir tuman va shahrida, eng avvalo, olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda istiqomat qilayotgan aholining moddiy sharoitini yaxshilash, turmush sifati va darajasini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Prezidentning “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida olinayotgan imtiyozli kreditni rasmiylashtirishda ortiqcha qog‘ozbozlik va yugur-yugurlar talab etilmaydi.

Qarorga muvofiq, eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdorda bo‘lgan kredit mablag‘lari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyanomalari asosida berilishi ko‘zda tutilgan.

Dasturda ilgari tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholi qatlamiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko‘rsatishga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Ushbu tashabbus samaradorligini ta’minlash maqsadida tajribali tadbirkorlar endigina biznes bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktiriladi – mini-klasterlar tashkil etiladi. Qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga hech qanday moneliksiz beriladi.

Dasturga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha tashkiliy ishchi guruhlar tuzildi.

Dasturga muvofiq tuzilgan Hududiy ishchi guruhlar esa bevosita aholi bilan ishlaydigan guruhdir. Hududiy ishchi guruh har bir oila va xonadonni tadbirkorlik bilan shug‘ullanish salohiyati, istak va takliflarni sinchkovlik bilan o‘rganish, ularning tadbirkorlik g‘oyasi va ko‘nikmasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan shaxslarga tijorat banklari tomonidan kredit ajratishni tashkillashtirish, aholining shaxsiy tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar berish va ularni amalga oshirish ham Hududiy ishchi guruhlarning vazifasidir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 135
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar