“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:55
ЎЗO‘Z

Arab shayxi O‘zbekistonga millardlab dollar sarmoya kiritmoqchi

14 iyun, 07:02 5 328 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Arab shayxi O‘zbekistonga millardlab dollar sarmoya kiritmoqchi Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri — «Ajlan&Bros Group» yurtimizda o‘nlab besh yulduzli mehmonxonalar qurib, ipakchilik va paxta klasterlarini amalga oshiradi, deb xabar bermoqda "Xalq so‘zi" nashri.

«Bizning «Ajlan&Bros Group» kompaniyamiz mavsumiy va kundalik liboslar ishlab chiqarishda hamda erkaklarga mo‘ljallangan klassik kiyimlar tayyorlashda dunyodagi eng yirik korporatsiyalardan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda o‘ndan ortiq mamlakatda o‘z vakolatxonamiz bo‘lib, ularda to‘qqiz mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan.

Yevropa va Osiyoning ko‘plab davlatlarida qator loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Shuningdek, dunyoning 25 mamlakatining birja bozorida o‘z sarmoyamizga egamiz. Shu bois ham dunyoning ko‘pgina davlatlarida bo‘lganman. O‘zbekistonga esa birinchi marta kelishim.

Kelganimga uch kun bo‘lgan bo‘lsa, Samarqand, Buxoro, Andijon viloyatlarida bo‘lib, hokimlar bilan uchrashdim. O‘zbekistondagi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlarni o‘rganib, hamkorlik qilishga ahd qildim.

Ana shu hamkorlik doirasida kamida uchta loyihani amalga oshirishni istayman. Buning uchun dastlab, 2 milliard dollar sarmoya kiritmoqchiman. Biz paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarganimiz uchun, eng avvalo, 70 gektar maydonda paxta yetishtirib, tizimda klaster qilmoqchimiz.

Xususan, yaqin oylarda 100 million dollar miqdoridagi investitsiya kiritib, Buxoro, Andijon, Samarqand viloyatlarida paxta yetishtirib, toladan mato, undan esa tayyor liboslar ishlab chiqaramiz. Bu loyihani bajarsak, yurtingizda yetti mingta ish o‘rni yaratiladi.

O‘rganishlarim samarasida O‘zbekistonning ulkan sayyohlik imkoniyati mavjudligini payqadim. Buxoro, Andijon va Toshkentda besh yulduzli mehmonxona qurishni dilimga tugdim. Hamkorlar ham topildi. Kelgusida bu mehmonxonalar dunyodagi sanoqli, mashhur mehmonxonalar kabi o‘z brendiga ega bo‘lishiga ishonaman.

Yurtingizda korxonalar uchun ko‘plab imtiyozlar yaratilgani ham menga juda yoqdi. Misol uchun, «O‘zbekipaksanoat» uyushmasiga borganimizda soha korxonalari 2023 yil 1 yanvargacha yagona soliq, yagona ijtimoiy to‘lov va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinganini tushuntirishdi. Bu bizga ma’qul.

O‘zbekistonda yiliga uch marta pilla yetishtirilayotgani, ipak gilamalar to‘qilayotgani, tut bargidan choy, pilla g‘umbagidan kosmetik moy olinishi bularning hammasi shu qadar ajoyibki, tasanno aytasan. Avval ipakchilik sohasida ishlab ko‘rmagan bo‘lsak-da, bunday yangiliklardan hayratga tushdik. Ipakchilik istiqbolli soha ekan. Ana shunday yangiliklarni dunyoga tarqatish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda, albatta, o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz.

Hozirda uyushma vakillariga hamkorlik loyihasini taklif qildik. Ular rozi. Nasib bo‘lsa, yil oxiriga bitta loyihani bo‘lsada, amalga oshirib, O‘zbekistonda yangi korxona taqdimotini o‘tkazamiz», — deya gapirib o‘tgan kompaniya rahbari shayx Ajlan Bin Abdulaziz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 143
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 122
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar