“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:17
ЎЗO‘Z

Foizsiz kredit: O‘zbekistonda islom bank ishi amalga kiritiladimi?

17 мая, 11:25 6 733 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Foizsiz kredit: O‘zbekistonda islom bank ishi amalga kiritiladimi? Foto: «Xabar.uz»
Hujjat bilan islom bank ishi va moliyasi prinsiplari asosida tatbiq etiluvchi bank-moliya xizmatlari tuzilmasi tasdiqlanishi mumkin. Shuningdek, islom bank ishi va moliyasi prinsiplarini ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha Komissiya tuziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bu haqdagi qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portaliga joylashitirildi. Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklanadi:

— respublikada bank ishi va moliya bo‘yicha islom prinsiplarini tatbiq etish uchun tegishli infratuzilmani yaratish, unda foiz (ribo) ko‘rinishida mukofotlash, tadbirkor bilan daromad va zararni loyihadagi ishtirok ulushiga proporsional tarzda taqsimlash, shuningdek, islom moliyalashtirilishi boshqa prinsiplari nazarda tutiladi;

— sug‘urta faoliyatini (takaful), lizing faoliyatini (ijara), qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar faoliyati va islom moliyasi tamoyillariga asoslangan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha islom bank va moliya infratuzilmasi prinsiplarini tatbiq etish bo‘yicha normativ-huquqiy aktlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish ishlarini tashkil etish;

— tegishli normativ-huquqiy aktlar loyihasini tezda ko‘rib chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlashni ta’minlash maqsadida vazirliklar, idoralar, shuningdek, boshqa manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

— islom bank ishi va moliya prinsiplari asosida bank-moliya xizmatlardan foydalanishning afzalliklari va imkoniyatlarini aholi va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida keng yoritish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish.

Belgilanishicha, respublikada bank ishi va moliya islom prinsiplarini tatbiq etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Komissiyaning ishchi organiga Moliya vazirligi tomonidan tashkil etiluvchi «tashabbus guruhi» aylanadi.

Shuningdek, hujjat bilan Islom taraqqiyot banki grantini jalb etgan holda «O‘zbekiston Respublikasida islom bank ishi va moliyasi infratuzilmasini tatbiq etish uchun qonunchilik asoslarini yaratish» ishchi loyihasini amalga oshirish belgilangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumatiga Islom taraqqiyot banki bilan muvofiqlashtirilgan Ishchi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun kiritish aytilgan.

Eslatib o‘tish kerak, ushbu qaror loyiha bo‘lib, u tasdiqlanishi, rad etilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.

Qaror loyihasi muhokamasi 2018 yil 31 may kuniga qadar davom etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 69
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 38
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 131
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 54
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar