“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 19:29
ЎЗO‘Z

Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar tomonidan yer solig‘ini to‘lash tartibi belgilandi

19 apr, 12:05 6 847 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar tomonidan yer solig‘ini to‘lash tartibi belgilandi Nizomga muvofiq 2018 yil yil 1 apreldan boshlab umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan yer maydoniga ega bo‘lgan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘laydilar.

Tasdiqlangan nizom quyidagilarga tadbiq etiladi:

Bunda, yer uchastkalarining umumiy maydoni deganda, yer uchastkasining soliq solish obyekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni tushuniladi.

2018 yil 1 apreldan boshlab yer uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilariga:

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan har yili tasdiqlanadi.

Yer solig‘i har bir soliq davrining 1 yanvar holatiga hisoblab chiqariladi.

2018 yilning 1 yanvar holatiga hisoblab chiqarilgan yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 10 mayiga qadar taqdim etiladi.

Soliq solinadigan baza (soliqning hisoblangan miqdori) soliq davrida o‘zgarsa, davlat soliq xizmati organiga bir oy muddatda aniqlashtirilgan yer solig‘ini hisob-kitobini taqdim qiladi.

Soliq davri mobaynida soliqqa tortiladigan baza 1 gektardan oshib ketsa, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i yer maydoniga tegishli huquq paydo bo‘lgan oyning keyingi oyidan boshlab hisoblanadi.

Soliq davri mobaynida soliqqa tortiladigan baza 1 gektardan kamaysa, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i yer maydoniga tegishli huquq paydo bo‘lgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar tomonidan yer solig‘i to‘lovi har oyning 10 kuniga qadar yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida amalga oshiriladi.

2018 yilda yer solig‘i to‘lovi aprel oyidan boshlab amalga oshiriladi, bunda aprel oyi uchun to‘lov joriy yilning 10 mayiga qadar amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 15
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 121
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 119
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 98
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 163
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 1
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 15
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 17
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 39
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 15
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • Bo‘limlar