“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:31
ЎЗO‘Z

Quyon qo‘ydan to‘rt barobar ko‘p daromad keltiradi

15 apr, 13:58 7 785 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Quyon qo‘ydan to‘rt barobar ko‘p daromad keltiradi Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor sohada keng imkoniyatlarni ochmoqda.
Bu, o‘z navbatida, yangi loyihalar va ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish, xalqimizning turmush darajasi yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Ana shunday e’tibordan unumli foydalanayotgan Marhamat tumanilik tadbirkorlardan biri Oybek Ashurovdir.
U tashkil etgan “Vodiy hamkor agrofirma” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ayni paytda 450 bosh qo‘y, 500 bosh echki parvarishlanmoqda. Yaqin orada parrandachilik, asalarichilik, baliqchilikni ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

— 2016 yilda quyonchilikka asos solgan edik, — deydi MChJ texnologi Dilmurodjon Ashurov. — Hisob-kitob qilib ko‘rsak, bitta qo‘yga sarflangan harajatni quyonga sarflasangiz olti oy muddat ichida to‘rt barobar ko‘p daromad keltirar ekan. Buni amalda sinab ko‘rish uchun Italiya hamda Fransiyadan 115 bosh “Kaliforniya”, “Yangi zeland”, “Flander” hamda “Reks” zotli quyonlarni olib keldik. Natijada 2017 yilning o‘zida 3,5 ming bosh quyon tarqatishga erishdik.

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, agrar tarmoqda quyonchilik ham serdaromad yo‘nalish hisoblanadi. Nega deganda, avvalo, uning go‘shti parhezbop.

Mutaxassislarning fikricha, quyon go‘shti tarkibida yog‘ va xolesterin moddasi kamligi bois allergiya, gipertoniya, oshqozon-ichak, me’da, o‘t pufagi, jigar xastaliklarida davo bo‘ladi.
Inson organizmida tez hazm bo‘ladi va to‘laqonli oqsil moddasiga ehtiyoji yuqori bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘smirlar, emizikli ayollar va keksa yoshdagilar uchun juda foydalidir. Iste’mol qilingan 100 gramm qoramol go‘shtining 62 foizi organizmda hazm bo‘lsa, bu ko‘rsatkich quyonda 90 foizni tashkil etadi. 100 gramm mol yog‘ida xolesterin miqdori 1,25, qo‘y yog‘ida 1,40, buzoq go‘shtida 0,11 grammni tashkil etsa, quyon go‘shtida bu ko‘rsatkich atiga 0,4 grammdan iborat, xolos.


Foto: "Xalq so‘zi online"

Yungi esa sifatli va issiqlikni saqlaydi. Qolaversa, yaxshi parvarish qilinsa, ko‘p va tez ko‘payadi. Eng muhimi, boqishda oz harajat talab qilinadi. Masalan, bitta quyon yil davomida 5-6 marta bolalashini inobatga olsak, demak, undan bir yilda 50-60 ta bola olish mumkin. Bu esa 70-80 kg. go‘sht va kamida 50 dona teri demakdir.

Ushbu misollarning o‘ziyoq, respublikamizda quyonchilikni yana rivojlantirish qanchalik istiqbolli ekanligini ko‘rsatmoqda.

“Vodiy hamkor agrofirma” MChJ ana shundan kelib quyonchilikni viloyatda yana taraqqiy ettirish payida bo‘lishmoqda. Jamiyat tomonidan shu yil boshidan bo‘yon 150 ta fermer xo‘jaligi va 200 dan ortiq oilalarga quyon yetkazib berildi.
Bundan tashqari, quyon go‘shtini qadoqlash, terisini qayta ishlash loyihalari ham ishlab chiqilib, Rossiyadan 50 ming AQSh dollari qiymatidagi texnologik liniya olib kelindi. Bu yaqin orada terini qayta ishlash korxonasi ish boshlaydi, deganidir. Natijada yiliga 150 ming AQSh dollarilik teri xom ashyosi Koreya Respublikasiga eksport qilinadi.

E’tiborlisi, viloyat hokimligi yaqinda “Vodiy hamkor agrofirma” uchun qo‘shimcha 35 gektar yer maydoni ajratdi. Demak, omuxta yem ham MChJning o‘zida tayyorlanadi va mahsulot tannarxi yanada arzon bo‘ladi.
Saminjon HUSANOV




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 28
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar