“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:32
ЎЗO‘Z

Markaziy bank birinchi chorakda narxlar barqarorlashganini ma’lum qildi

02 apr, 17:38 4 687 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank birinchi chorakda narxlar barqarorlashganini ma’lum qildi 2018 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda iste’mol tovarlarining asosiy turlari narxlari o‘rtacha 1 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Respublika hududlaridagi narxlar dinamikasi kuzatuvi umuman olganda narxlar barqarorlashganidan dalolat bermoqda, deyiladi xabarda.
Martda kuzatilayotgan tovarlar narxining o‘rtacha darajasi pasaygani qayd etilgan, yanvar va fevralda esa tegishli ravishda 0,6 va 0,7 foizga o‘sish kuzatilgan edi.

Yanvar martda piyoz 46,4 foizga, tuxum — 23,3 foizga, shakar — 10 foizga, kartoshka — 6,2 foizga, guruch — 4,2 foizga, o‘simlik yog‘i — 3,2 foizga, bug‘doy uni — 2,2 foizga, sabzi — 1,8 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga, go‘sht narxi 1,1 foizga o‘sdi.

Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari orasida kiyim-kechaklar — 4,9 foizga, oyoq kiyimlari — 3,8 foizga, televizorlar — 7,8 foizga, changyutgichlar — 4,4 foizga va sovitgichlar — 3,5 foizga arzonlashgan.

Inflyatsiya jarayonlarining bosilishiga va iqtisodiyotning iste’mol sektoridagi narxlar darajasining barqarorlashishiga birinchi chorakda ayirboshlash kursining barqarorligi saqlanishi va pul massasi o‘sishining past sur’atlari kabi omillar ta’sir qildi.

Yanvar martda ayirboshlash kursi 0,5 foizga mustahkamlandi, o‘tgan yilning shu davrida esa u 10 foizga qadrsizlangan edi. Pul massasi 1 foizga oshdi (2017 yilning shu davrida — 7,6 foizga oshgan). Muomaladagi naqd pul hajmi 6 foizdan ortiqqa kamaydi, o‘tgan yilning shu davrida esa 21 foizga oshgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 155
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 52
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 124
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 127
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 101
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 169
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar