“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 19:55
ЎЗO‘Z

“Forbes”ning biznes yuritish uchun qulay mamlakatlar reytingida O‘zbekistonga joy topilmadi

18 dek, 12:08 8 019 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Forbes”ning biznes yuritish uchun qulay mamlakatlar reytingida O‘zbekistonga joy topilmadi O‘zbekiston “Forbes” jurnali tomonidan tayyorlangan biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakatlar reytingiga kiritilmadi. Reytingning to‘liq ko‘rinishi bilan jurnal saytida tanishish mumkin.

Reytingda mamlakatlar 11 yo‘nalish bo‘yicha tadqiq etilib, o‘rinlarga joylashtirib chiqilgan. Yo‘nalishlar fuqarolarning shaxsiy erkinliklari darajasi, mulk va investisiyalar huquqining himoyalanganligi darajasi, narxlarning barqarorligi, tovar va xizmatlar eksporti va importi yo‘lidagi to‘siqlar bor-yo‘qligi, texnologiyalarning rivojlanganlik darajasi, innovasiyalarning joriy etilishi, davlatning biznesga ta’siri, korrupsiya darajasi, soliq yuki va aksiyalar bozori holatini qamrab olgan.

“Forbes” tanloviga ko‘ra, Daniya jahonda biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakat deb topilgan. Undan keyingi o‘rinlarni Gongkong va Yangi Zelandiya egallagan. O‘tgan yilgi reytingda Irlandiya birinchi bo‘lgandi.

AQSh ushbu reytingda 18-o‘rinni egallagan. Rossiya esa, 146 mamlakat orasida 91-o‘rinda qayd etilgan. Qayd etishlaricha, Rossiya xomashyo eksportiga qat’iy bog‘lanib qolgan, mulk huquqi himoyasi hali ham mukammal emas, xususiy sektorga esa davlat mutassil aralashaveradi.

Reytingda sobiq SSSR respublikalaridan uchtasi – O‘zbekiston, Turkmaniston va Belarus kiritilmagan. Qolgan mamlakatlar orasida esa Boltiqbo‘yi mamlakatlari – Estoniya (reytingda 22-o‘rin), Litva (24-o‘rin) va Latviya (36-o‘rin) peshqadam bo‘lib turibdi.

Sobiq SSSR respublikalari orasida keyingi o‘rinlarni Gruziya (47), Armaniston (56), Qozog‘iston (65), Ozarbayjon (66), Moldova (77), Ukraina (88), Rossiya (91), Qirg‘iziston (101) va Tojikiston (129) joy olgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 179
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 68
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 143
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 52
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 0
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 0
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 0
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 28
  • Bo‘limlar