“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda moliya, soliq va bojxona organlari faoliyati nega o‘rganilmoqda?

14 fev, 20:02 6 816 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda moliya, soliq va bojxona organlari faoliyati nega o‘rganilmoqda? Hozirgi kunda O‘zbekistondagi moliya, soliq va bojxona organlari faoliyati o‘rganilmoqda. O‘rganishlar “Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tanqidiy o‘rganilishini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, tadbirdan ko‘zlangan maqsad moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatidagi tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilishi sharoitida ularning samaradorligini tubdan oshirish hisoblanadi.

O‘rganishlarni amalga oshirish maqsadida Prezident farmoyishiga muvofiq Bosh prokuratura, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi komissiya tuzilgan.

O‘rganish yakunlari, avvalambor, moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga xizmat qiladi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2018 yil 13 fevralda Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishga imzo chekkani xabar qilingandi.

Seshanba kuni, shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi general-mayor Muidjon Vahhobovich Tohiriy o‘z vazifasidan ozod qilingani va uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari vazifasini bajarib kelgan Murodjon Berdialiyevich Azimov tayinlagani ham ma’lum qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar