“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:45
ЎЗO‘Z

Ekspert: O‘zbekistonda hokimiyat almashinuvi iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda

12 fev, 09:39 4 663 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ekspert: O‘zbekistonda hokimiyat almashinuvi iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda Oxirgi ikki-uch yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti Qozog‘istonnikiga qaraganda bir necha baravar tez o‘sishi taxmin qilinmoqda. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlari va Markaziy Osiyo (birinchi navbatda Qozog‘iston)dagi iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq. Mazkur fikrlarni «Sputnik Kazaxstan» nashri bilan intervyuda Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti fondi qoshidagi jahon iqtisodiyoti va siyosati instituti eksperti Jasilik Sabitov bildirdi.

«O‘zbekistonda hokimiyat almashinuvi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ikki baravar o‘sishiga olib keldi. Biz hozir O‘zbekiston aynan qay darajada yaxshi taraqqiy etayotganidan bexabarmiz. Ammo uning Qozog‘istonga qaraganda bir necha baravar ko‘proq rivojlanayotganini taxmin qilish mumkin. Buning istiqboli prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy liberalizatsiyaga jarayoniga ham bog‘liq. Agar u Qozog‘istonda 90-yillarda amalga oshirilgan islohotlar kabi o‘zgarishlar qilsa, yaqin 10 yilda ko‘zlangan maqsadga erishiladi», — degan Sabitov.

Ammo uning so‘zlariga ko‘ra, «islohotlar bo‘lmasa, O‘zbekistonda ko‘p narsa avvalgidek qolaveradi».

«Biz bitta kemadamiz. Qozog‘istonning iqtisodiy inqirozi bu O‘zbekistonniki hamdir. Yurtimizdagi iqtisodiy o‘sish O‘zbekistonning ham yutug‘idir. Agar bir davlatda pasayish bo‘lsa, u albatta ikkinchisiga ham salbiy ta’sir etadi. Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro do‘stlik, hamkorlik va har ikki davlatdagi iqtisodiy rivojlanishdan manfaatdordir», — deya xulosa qilgan Sabitov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar