“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 07:18
ЎЗO‘Z

Asli surxondaryolik Buyuk Britaniya fuqarosi O‘zbekistonga 5 million dollar investitsiya kiritdi

04 fev, 12:20 7 355 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Asli surxondaryolik Buyuk Britaniya fuqarosi O‘zbekistonga 5 million dollar investitsiya kiritdi Asli kelib chiqishi surxondaryolik, Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lgan tadbirkor Akbar Ashurov O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqda.

Tadbirkor O‘zAga bergan intervyusida klaster uslubida pilla yetishtirish, uni qayta ishlash va tayyor mahsulot holda eksport qilishga katta sarmoya kiritganini bildirdi.

— Mening Vatanim — O‘zbekiston. Ota yurtimni sevaman va bundan albatta faxrlanaman, — deydi Akbar Ashurov. — Prezident Shavkat Mirziyoyev chet elda biznes qilib yurgan vatandoshlarni yurtga qaytishga, oldingi muammolarni unutib, O‘zbekistonda turli korxonalar, zavod va fabrikalar qurishga chaqirgani menda katta taassurot qoldirdi. Islohotlar boshlangani bizni albatta quvontiradi va biz ularning davomli bo‘lishidan umidvormiz. O‘ylab qoldim, nega o‘z mablag‘imni yurtim rivoji, uning gullab-yashnashi uchun yo‘naltirmayapman. Men buni qilishim kerak. Shunda investitsiya kiritish uchun qilgan murojaatim qo‘llab-quvvatlandi. Taqdim etilgan loyihalar orasida «O‘zbekipaksanoat» uyushmasining ipakni qayta ishlash korxonasi barpo etish borasidagi taklifi menda qiziqish uyg‘otdi.

5 million dollarga teng loyihani amalga oshirish maqsadida Jizzax viloyatini tanladim. Bizga 11,5 milliard so‘m investitsiya kiritish va 120 ish o‘rni yaratish sharti bilan bir gektardan ko‘proq yer maydoni nol qiymatda ajratib berildi.

Hozir qurilish ishlari jadallik bilan bormoqda. Ipak yetishtirish mavsumi boshlanguncha, korxonamiz ishga tushadi. Ipakni yigirish uskunalarini Xitoydan, mato ishlab chiqarish jihozlarini Yevropadan olib kelish borasida shartnoma tuzganmiz.

Eng qizig‘i, hali korxonamiz ishga tushmasidan bizga buyurtmalar tushmoqda. Misol uchun, Eron, Turkiya, Pokiston, Ozarbayjon, Vetnam kabi qator davlatlar ipak tolasini xarid qilish istagini bildirmoqda. Korxona birinchi bosqichda yiliga 144 tonna quruq pillani qayta ishlaydi. Yil oxiriga borib, 2 million dollarlik mahsulot eksport qilamiz.

2019 yilda ipak matolar va ulardan kiyim-kechaklar ishlab chiqarishni boshlaymiz. Korxonaning to‘liq quvvatda ishlashi 2022 yilga mo‘ljallangan. Unga qadar 480 doimiy va 10 mingta mavsumiy ish o‘rni yaratiladi.

Maqsadimiz pillani qayta ishlashdan tortib eksport uchun mato, kiyim-kechak va gilam ishlab chiqarish jarayonigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni to‘liq qamrab olishdan iborat.

Tizimda klaster tashkil etish tajribasini qo‘llab-quvvatlayman. Shu bois korxona qoshida oltita innovatsion qurtxona quriladi. Ularning atrofida 180 gektar tutzor yaratish, «smart» texnologiyalar va nou-xaularga asoslangan yangicha ishlab chiqarish uslubini yo‘lga qo‘yib, bir yilda uch marta hosil olinadi. Ana shunda eksport imkoniyatimiz yanada oshadi.

Ishonamanki, O‘zbekiston yaqin yillarda dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan joy oladi. Kelgusida yana ko‘plab loyihalarni moliyalashtirish niyatidaman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirg‘iziston O‘zbekistonga 2,5 mln litr benzin yetkazdi 18 мая, 00:15 125
  • Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston bo‘yicha hisobotini e’lon qildi 15 мая, 18:22 131
  • O‘zbekiston dunyo bo‘yicha ikkinchi oy eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi 11 мая, 20:28 187
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 209
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 79
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 148
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 147
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 157
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 197
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar