“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 13:20
ЎЗO‘Z

Moliya vazirligi tizimidan yoppasiga 562 kishi ishdan bo‘shatildi

28 dek, 11:13 5 965 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moliya vazirligi tizimidan yoppasiga 562 kishi ishdan bo‘shatildi Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasidagi tanqiddan so‘ng, Moliya vazirligi tizimidan 24 kishi egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Moliya vazirligi tizimida kadrlardan yoppasiga voz kechish hamon davom etmoqda.

Sobiq Moliya vaziri va Xodimlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i panohida bo‘lgan va hanuzgacha tizimda ishlab kelayotgan, moliya tizimining nomiga dog‘ tushirayotgan “kalamushlar”ni haydash yuzasidan hududiy rahbarlarga qat’iy topshiriqlar berilgan, demoqda O‘zA.

23 dekabr kuni Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig‘i hamda uning 3 nafar o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimidan chetlashtirildi.

Shundan so‘ng, Moliya vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan joylardagi moliya idoralaridan 273 nafar (23 nafari rahbar xodimlar):

G‘aznachilik idoralaridan 65 nafar (12 nafari rahbar xodim):

Pensiya jamg‘armasidan 100 nafar (1 nafari rahbar xodim):

Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari xodimlaridan 100 nafari (4 nafari rahbar xodim) jami moliya tizimi bo‘yicha 562 nafar davlat idorasi nomiga dog‘ tushirgan xodimlar o‘z lavozimidan ozod etildi.

Moliya vazirligi tizimidagi vakant ish o‘rinlarini innovatsion g‘oya va fikrga ega, zamonaviy texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirgan, iqtidorli yoshlar bilan to‘ldirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi hamda iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlariga murojaatlar yuborildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 129
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 135
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 1
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 1
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 11
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 62
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 57
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 24
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Bo‘limlar