“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:43
ЎЗO‘Z

Soliqlarni Internet orqali to‘lash mumkin

18 okt, 12:48 7 535 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliqlarni Internet orqali to‘lash mumkin Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 8 oktyabrda 2465-3-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Belgilanishicha, mijozlarning imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchasida muhr izi qo‘yilmagan taqdirda banklar ularning hisob-kitob hujjatlarini muhr izisiz qabul qiladi. Ilgari muhr izi qo‘yilmagan hisob-kitob hujjatlari faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaliklaridan qabul qilinishi mumkin edi.

O‘rnatilishicha, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy saytidagi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron to‘lov topshiriqnomasi bilan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Aniqlashtirilishicha, bank to‘lov talabnomasi kelib tushgandan so‘ng akseptlash uchun uning nusxasini mablag‘larni to‘lovchiga (uning vakiliga) keyingi ish kunidan kechiktirmay topshiradi, mablag‘larni to‘lovchi (uning vakili) bankka tashrif buyurmagan hollar bundan mustasno. Shuningdek aniqlashtirilishicha, to‘lov talabnomasini mablag‘larni to‘lovchiga (uning vakiliga) imzo qo‘ydirgan holda topshirish imkoni bo‘lmagan taqdirda, bank uni u kelib tushgandan so‘ng 10 ish kuni (ilgari – 10 kun) o‘tgach mablag‘larni oluvchining bankiga «Mijozning kelmaganligi sababli ijro etilmadi» deb yozilgan holda ijro etmasdan qaytarib yuboradi.

Aniqlashtirilishicha, to‘lov talabnomasi (shu jumladan, akseptlash qisman rad etilganda), shuningdek inkasso topshiriqnomasining qolgan summasi 2-kartotekaga joylashtirilganda mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bu haqda 3 ish kuni (ilgari – 3 kun) ichida mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankni yozma ravishda xabardor qiladi.

Belgilanishicha, Moliya vazirligi tijorat banklariga shartnoma asosida depozitga qo‘yilgan respublika byudjeti mablag‘lari va ular bo‘yicha hisoblangan foizlari o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega.

Agar ilgari inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha mablag‘larni undirib olishni to‘xtatib qo‘yish yoki chaqirib olish inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organ tomonidan yoki sud qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda buni undiruvchining arizasiga ko‘ra ham amalga oshirish mumkin.

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

Qaror O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plamining 2015 yil 12 oktyabrdagi 40-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bog‘langan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Sardor Jumashov tayyorladi




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar