“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:42
ЎЗO‘Z

Markaziy bank: Qayta moliyalash stavkasi o‘zgartirishsiz qoldirildi

28 okt, 10:45 6 797 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank: Qayta moliyalash stavkasi o‘zgartirishsiz qoldirildi O‘zbekiston Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foiz miqdorida qoldirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda bank axborot xizmatiga tayanib UZ24 xabar berdi.

Mazkur qaror mamlakatning makroiqtisodiy holati, pul-kredit siyosati, banklarning likvidligiga ta’sir qiluvchi omillar, kreditlash hajmlari va muomaladagi naqd pullar miqdorining o‘sishi, pul-kredit siyosati, davlat byudjetining holati, inflyatsiya prognozi kabilardan kelib chiqib qabul qilindi.

Axborotda pul-kredit siyosati tahlil qilingan. Unda yozilishicha, 2017 yilning 9 oyi davomida pul-kredit siyosati yuqori inflyatsion bosim sharoitlarida amalga oshirildi.

“Joriy yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiyotda pul taklifi hajmi va so‘m devalvatsiya darajasining tez sur’atlarda o‘sishi real foiz stavkalarining pasayishiga hamda tijorat banklarining kreditlariga bo‘lgan talabning oshishiga, natijada inflyatsion bosim va xatarlarning kuchayishiga olib keldi.

Iqtisodiyot va pul-kredit sohasida shakllangan ushbu vaziyat, ichki bozorda narxlarning o‘sish sur’atlarini sekinlashtirish va inflyatsion xatarlarni cheklash vazifalari Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini joriy yilning 28 iyunidan yillik hisobda 9 foizdan 14 foizgacha oshirishni taqozo etdi.

Bu, o‘z navbatida, banklararo pul bozorida o‘rtacha foiz stavkalari yanvar-iyun oylaridagi 8,1 – 9% foizdan, III chorakda 12-12,2 foizgacha ko‘tarilishiga zamin yaratdi. Shu bilan birga, banklar tomonidan iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasini o‘rtacha 2 foiz banddan ko‘proqqa oshishi kuzatildi», deyiladi axborotda.

Sentyabr va oktyabr oylarida valyuta siyosatini liberallashtirish doirasidagi islohotlar amalga oshirilganidan so‘ng, valyuta birjasidagi operatsiyalar hajmi sentyabr oyida birinchi yarim yillikdagi o‘rtacha oylik hajmlarga nisbatan qariyb 2 barobar, eksportyorlar tomonidan xorijiy valyutani sotish hajmi esa 3,5 barobar ko‘paydi.

Shu bilan birga, agar Markaziy bank joriy yilning birinchi yarmi davomida korxonalar mablag‘larini konvertatsiya qilish uchun valyuta zahiralari hisobidan mablag‘larni sarflagan bo‘lsa, sentyabr oyida valyuta kursining erkinlashuvi valyuta mablag‘larini sotib olish orqali almashuv kursining muvozanatini ta’minlashni taqozo etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida iste’mol baholari indeksi bo‘yicha hisoblangan inflyatsiya darajasi o‘tgan yilning mos davriga (2,2 foiz) nisbatan yuqori bo‘lib, 7,8 foizni tashkil etdi.

Bunda, mazkur davrda oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha narxlarning o‘rtacha o‘sishi 7,6 foizni (2016 yilning mos davrida 3,3 foizga pasaygan), nooziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha 8,6 foizni (2016 yilning mos davrida o‘sish 6,4 foiz) hamda pullik xizmatlar bo‘yicha tariflarning oshishi 7,0 foizni (2016 yilning mos davrida o‘sish 7,0 foiz) tashkil etdi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, kuzatilayotgan iqtisodiy jarayonlar dinamikasi davom etgan holda qat’iy pul-kredit siyosatining saqlab qolinishi joriy yilning IV choragida monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirini minimal darajaga pasaytirib, ushbu davr uchun dastlab prognoz qilingan ko‘rsatkichlarga erishish uchun qulay sharoit yaratib beradi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda milliy valyutadagi aktivlarning daromadliligini saqlab qolish, real foiz stavkalarining ijobiyligini ta’minlash va iqtisodiyotda pul taklifi sur’atlari o‘sishining oldini olish maqsadida qayta moliyalash stavkasi 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 122
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar