“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 17:17
ЎЗO‘Z

Markaziy bank kriptovalyutalar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

16 sen, 17:07 5 970 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank kriptovalyutalar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi Hozirgi globallashuv davrida internet tarmog‘ida hajmi kundan kunga ortib borayotgan kriptovalyutalar bilan bog‘liq operatsiyalar xalqaro hamjamiyat e’tiborini keng jalb etayotgani, shuningdek mamlakatda kriptovalyutalar (bitkoin, efirium, litkoin va boshqalar) bo‘yicha ko‘plab murojaatlar hamda ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni bildiradi.

Alohida qayd etish joizki, kriptovalyutalardan anonim operatsiyalarni amalga oshirishda keng foydalanilayotganligi oqibatida noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka keng yo‘l ochilib, ba’zi mamlakatlarda xufiyona iqtisodiyotni yanada kengayishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, xalqaro va davlatlararo almashinuvda kriptovalyutalarni tartibga solish va nazorat qilish imkoniyatlarining chegaralanganligi, jinoyatchi shaxs va guruhlar tomonidan terrorizmni moliyalashtirish va boshqa jinoiy xatti-harakatlarni amalga oshirishda kriptovalyutalardan qulay vosita sifatida foydalanilishi xavfining yuqoriligi sababli, dunyoning ko‘pgina davlatlarida ularning muomalasi cheklab qo‘yilgan.

Ayniqsa, rasman to‘lov vositasi sifatida tan olinishi natijasida kriptovalyutalarning internet tarmoqlarida markazlashmagan holda virtual emissiyasi va muomalada bo‘lishi davlatlar markaziy banklarining pul muomalasini nazorat qilish va erkin monetar siyosat yuritish imkoniyatlarini chegaralaydi.

Bundan tashqari, pulning barcha vazifalarini bajara olmasligini inobatga olgan holda, kriptovalyutalar an’anaviy pul birligi bo‘lmasdan, real rezerv ta’minotga ega bo‘lmagan va qiymati tez o‘zgaruvchan hosilaviy vosita hisoblanishi munosabati bilan kriptovalyutalar qiymatining keskin pasayib ketishi ehtimoli mavjud. Bu esa fuqarolarda moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkinligini alohida qayd etish zarur.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida kriptovalyutalardan foydalangan holda to‘lov yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmagan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutaxassislari tomonidan bugungi elektron iqtisodiyotda jahon moliyaviy xizmatlari sohasidagi yangiliklar, qo‘llanilayotgan texnologiyalarni kuzatib, muntazam ravishda tahlil qilib borilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida kriptovalyutalarni joriy etish va ular vositasida operatsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligini bildirgan holda, mazkur operatsiyalarda aholining ishtirok etishi tavsiya etilmaydi, deb yakun yasalgan Markaziy bankning bayonotida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 138
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 114
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 83
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 187
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 0
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • Bo‘limlar