“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 03:42
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Hindistonning yirik gipermarketlar tarmog‘i ish faoliyatini boshlashi mumkin

12 sen, 10:30 6 373 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Hindistonning yirik gipermarketlar tarmog‘i ish faoliyatini boshlashi mumkin Kelgusi yillarda Hindistonning yirik gipermarketlar tarmog‘i O‘zbekistonda o‘z ish faoliyatini boshlashi mumkin. Shu kunlarda Hindistonning Future Group rahbar o‘rinbosari Eshli Rajan ishtirokidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Ushbu yirik korporatsiya tarkibiga dunyoda mashhur bo‘lgan 14 tadan ortiq gipermarketlar, Big Bazaar, Food Bazaar, EasyDay, Central, FoodHall tarmoqlari kiradi. Kompaniya Hindistonning 240 ta yirik shaharlarida 2,5 ming dona gipermarketlar, 30 ming dona mayda savdo nuqtalarini nazorat qiladi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Tashqi savdo vazirligida ikkitomonlama muzokaralar o‘tkazdilar. Unda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonning dukkakli mahsulotlarini va qayta ishlangan meva-sabzavotlarni eksport qilishni kengaytirish masalalari yuzasidan kelishuvlar o‘tkazildi.

Tashqi savdo vazirligining matbuot-xizmati ma’lum qilishicha, hindistonlik mehmonlarda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha hamkorlik loyihalari qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari, Hindiston vakillari O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardor etildi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda giper va supermarketlarni qurilishi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan edi. Xususan, 2019 yil yakuniga qadar dehqon bozorlarda zamonaviy savdoning barcha talablariga javob beradigan 9 ta uch qavatli gipermarketlar, 28 dona ikki qavatli supermarketlar, 126 ta bir qavatli supermarketlar va 79 ta minimarketlar, shuningdek, ularga tutash hududlarda avtomobil turargohlar barpo etish rejalashtirilgan. Barcha savdo majmualari avtomashinalar to‘xtash joylari bilan ta’minlanadi.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 124
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 42
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 124
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 124
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 100
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 167
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar