“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:57
ЎЗO‘Z

Markaziy bank xalqaro bank kartasidan foydalanish bo‘yicha tartibni e’lon qildi

08 sen, 10:59 6 469 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank xalqaro bank kartasidan foydalanish bo‘yicha tartibni e’lon qildi Jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyutani xarid qilish tartibi haqida kelib tushayotgan savollarga javoban Markaziy bank o‘z saytida bu borada o‘rnatilgan tartibni e’lon qildi.

Jismoniy shaxslar tomonidan valyuta xarid qilinishi

Fuqarolar xorijiy valyutani tijorat banklarining konversion bo‘limlarida naqdsiz ko‘rinishda, xalqaro (konversion) to‘lov kartasiga o‘tkazib berish orqali xarid qilishlari mumkin. Milliy valyutada to‘lov naqd pul ko‘rinishida ham, naqdsiz ko‘rinishda — bank to‘lov kartalari (plastik kartalar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Xalqaro (konversion) to‘lov kartalarini ochish va ishlatish bilan bog‘liq xarajatlar

Ayni paytda tijorat banklari tomonidan xalqaro (konversion) to‘lov kartalarini ochish va ishlatish uchun quyidagi komissiya haqlari olinadi:

Kartani ochish uchun — 75 mingdan 100 ming so‘mgacha (bir martalik to‘lov);

Kartadan foydalanib to‘lovlar amalga oshirilganda komissiya haqi — har bir tranzaksiya summasining 0,5 foizidan 1 foizigacha bo‘lgan miqdorda;

Chet eldagi bankomatlardan naqd xorijiy valyuta yechib olish — operatsiya summasining 1 foizi miqdorida;

Xalqaro to‘lov tizimlari operatorlari (VISA, MasterCard va boshqalar) talablariga ko‘ra, banklar tomonidan 35 dollardan 100 dollargacha kamaytirilmas qoldiq (sug‘urta depoziti) o‘rnatilgan va undan mijoz foydalana olmaydi hamda to‘lov kartasi yopilganidan so‘ng u mijozga qaytariladi. Ushbu sug‘urta depoziti mablag‘lar ortiqcha sarflanganida bank tomonidan ishlatiladi. Mablag‘larning ortiqcha ishlatilishi kurslarning o‘zgarishi yoki xorijiy bank tomonidan to‘lov kartasi bo‘yicha operatsiyalar bajarilganida, komissiya o‘rnatilganida hosil bo‘lishi mumkin.

Xalqaro (konversion) to‘lov kartalarining ishlatilishi

Ayni paytda xalqaro (konversion) to‘lov kartalaridan faqat xorijiy davlatlardagina foydalanish mumkin. Hech qanday cheklovlarsiz bankomatlardan naqd pul yechib olish, do‘kon va mehmonxonalarda, to‘lov kartasi qabul qilinadigan barcha joylarda karta orqali to‘lov qilish mumkin. To‘lov kartalari barcha davlatlarda ishlatilishi mumkin, davlatlar bo‘yicha cheklov yoki naqd xorijiy valyutani yechib olish bo‘yicha limit o‘rnatilmagan. Biroq, nazarda tutish kerakki, xorijiy banklar o‘z bankomatlaridan naqd pullarni yechib olishga ma’lum bir limit o‘rnatish amaliyotidan ham foydalanishadi. Ko‘pincha bu limit bitta operatsiyaga nisbatan joriy qilingan bo‘lib, operatsiyalar sonining o‘zi cheklanmagan bo‘ladi.

Shuningdek, kartadagi valyuta mablag‘laridan xorijda o‘qish yoki davolanish uchun talab etiladigan hujjatlar (invoyslar) taqdim etilganida O‘zbekistondagi bankdan turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovni amalga oshirishda foydalanish mumkin.

Respublika hududida xaoqaro (konversion) to‘lov kartasidagi mablag‘lar faqat joriy ayriboshlash kursi bo‘yicha faqat milliy valyutada yechib olinishi mumkin.

Xorijiy valyuta bilan to‘ldiriluvchi xalqaro to‘lov kartalari

Fuqarolar tomonidan xorijiy valyuta bilan to‘ldiriluvchi xalqaro to‘lov kartalari mamlakatimiz hududida cheklovlarsiz qabul qilinadi. Bunday kartalardagi mablag‘lar bank yoki bankomatlardan (karta egasining ixtiyoriga ko‘ra) xoh milliy valyutada, xoh xorijiy valyutada, naqd ko‘rinishda yechib olinishi mumkin.

Bunday kartalardan chet ellarda ham, O‘zbekiston hududida ham do‘konlar, mehmonxonalar va kartani to‘lovga qabul qiluvchi terminal mavjud har qanday joyda biror cheklovlarsiz foydalanish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar