“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:14
ЎЗO‘Z

Endi nima bo‘ladi? Markaziy bank dollarning keskin oshib ketishiga izoh berdi

05 sen, 12:25 7 566 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi nima bo‘ladi? Markaziy bank dollarning keskin oshib ketishiga izoh berdi Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini e’lon qilgani va 1 AQSh dollari 3889 so‘m 65 tiyinga ko‘tarilib, 8100 so‘mni, 1 yevro esa 4678 so‘m 60 tiyinga oshib, 9645 so‘m 48 tiyinni tashkil etgani, 1 Rossiya rubli 68 so‘m 73 tiyinga qimmatlab, 139 so‘m 91 tiyin etib belgilangani haqida xabar bergan edik.

Xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatining keskin oshishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasman axborot berdi. Unda qayd etilishicha, ayni paytda valyuta kursining muvozanat darajasi hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 AQSh dollari uchun 8000-8150 so‘mni tashkil etmoqda. Markaziy bankning kursi doimgidek har dushanba kuni o‘tgan hafta davomida valyuta birjasida o‘tkazilgan savdolarda qayd etilgan kurslarning o‘rtacha qiymati darajasida belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tarqatgan rasmiy axborotning to‘liq matnini e’tgiboringizga havola etamiz:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasidagi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini o‘rnatishda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llashdan iboratdir.

2003-2017 yillarda kursni shakllantiruvchi omillar dinamikasining tahlili asosida, shuningdek, banklar tomonidan importyor korxonalarga shartnomaviy kurs bo‘yicha chet el valyutasini sotishning sinov savdolari natijalarini inobatga olgan holda, bugungi kunda valyuta kursining muvozanat darajasi hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 AQSh dollari uchun 8000-8150 so‘mni tashkil etmoqda.
Shu munosabat bilan, Markaziy bankning valyuta kursi 2017 yilning 5 sentyabridan boshlab 1 AQSh dollari uchun 8100 so‘m darajasida o‘rnatilmoqda.

Markaziy bankning kursi, avvalgidek, har dushanba kuni o‘tgan hafta davomida valyuta birjasida o‘tkazilgan savdolarda qayd etilgan kurslarning o‘rtacha qiymati darajasida belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.

Chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha banklararo savdo sessiyalari O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida har kuni o‘tkazilib, bunda valyuta kursi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifning joriy nisbati asosida aniqlanadi hamda valyuta birjasining saytida e’lon qilib boriladi”.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 43
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar