“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 01:49
ЎЗO‘Z

Moody’s: Rossiya iqtisodiyotidagi qora kunlar hali oldinda

14 avg, 14:03 6 719 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moody’s: Rossiya iqtisodiyotidagi qora kunlar hali oldinda Rossiya markaziy bankida iyul oyida asosiy foiz stavkasi 50 bazaviy punktga kamaytirilganidan so‘ng rublning qadrsizlanishiga sabab bo‘luvchi inflyasion xavflar tufayli pul-kredit siyosatini yumshatish uchun kam imkoniyatlar qolmoqda, deb yozmoqda Kun.uz.

Moody’s Investors Service mutaxassislari hisobicha, so‘nggi oylarda Rossiya iqtisodining asosini tashkil etuvchi neft narxi qaytadan pasaya boshlangani rublning qadrsizlanishiga olib keladi va mamlakatda inqiroz kuchayib, 2016 yilda ham bu jarayon davom etadi.

Mazkur haftada e’lon qilingan Rossiya YaIM ko‘rsatkichlarida II chorakda pasayish sur’ati o‘tgan chorakka nisbatan ikki barobarga ortib, 2,2 foizdan 4,6 foizga etgan. Ikki chorak yakuniga ko‘ra, Rossiya iqtisodidagi pasayish mamlakat rasman inqiroz holatida ekanini ko‘rsatadi. Moody’s tahlilchilarining yozishicha, birinchi yarim yillikda inflyasiyaning jadallashuv fonidagi kompaniyalarga kapital qo‘yilmalarning kamayishi shaxsiy iste’mol hamda investisiyalar katta xavf ostida qolganinidan dalolat beradi. Neft narxi pasayishda davom etsa, rubl narxi yana 20 foizga tushib ketish ehtimoli mavjud va bu holat inflyasiyaning yangidan chaqnashiga olib keladi. Natijada daromadlar yanada kamayib, investisiyalarning qulashi kuchayadi, inqiroz chuqurlashadi.

Moody’sning qayd etishicha, Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi tufayli joriy etilgan sanksiyalar ham mamlakat iqtisodiga katta tahdid solmoqda. Ular Rossiya bank va kompaniyalarining xalqaro kapitalga bo‘lgan yo‘lini bekitmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya tomonidan import mahsulotlariga cheklovlar kiritish ko‘rinishida qo‘llanilayotgan javob choralari ham o‘tgan yili mamlakat real YaIM ko‘rsatkichining 1-1,5 foizga kamayishiga olib keldi va bu holat 2020 yilga qadar saqlanib qoladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 112
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 39
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 122
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 122
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 98
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • Bo‘limlar