“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 00:27
ЎЗO‘Z

Markaziy bank valyuta bozori tez orada liberalizasiya qilinishini bildirdi

09 iyul, 16:08 7 800 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank valyuta bozori tez orada liberalizasiya qilinishini bildirdi O‘zbekiston Markaziy banki hukumat bilan birgalikda mamlakat valyuta bozorini liberalizasiya qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqmoqda, dedi MB departament direktor o‘rinbosari Bobur Abubakirov xalqaro press-klubda o‘tgan yig‘ilishda.

Abubakirov O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida valyutani tartibga solish, valyuta kursi ilg‘or bozor mexanizmlarini joriy qilish ko‘zda tutilganligini eslatib o‘tdi.

"Bu masala bo‘yicha Markaziy bank, hukumat hamda vazirlik va idoralar iqtisodiy bloki bilan hamkorlikda tegishli ishlar amalga oshirilmoqda, tahlil qilinmoqda. O‘ylaymanki, tez kunlarda bu yo‘nalishda tadbirkorlar yaxshi xabar eshitishadi", — dedi Abubakirov.

Markaziy bank vakillari shuningdek, bu yil qayta moliyalash stavkasining yillik 9%dan 14%ga ko‘tarilishiga ham izoh berishdi.

"Hozirda valyuta bozori liberalizasiya haqida gapirmoqdamiz, valyuta kursini bozor mexanizmlari asosida shakllantirishga o‘tmoqchimiz, shu bois stavkani oshirish zarur edi", – dedi MB departament direktor o‘rinbosari Zafar Azimov.

U Markaziy bank mamlakat iste’mol bozoridagi narxlar va inflyasion xatarlarni tahlil qilib borishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar ushbu ko‘rsatkichlar pasaysa, qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytiriladi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ayrim mahalliy OAV va internet nashrlarda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyunda qabul qilingan 449-son qaroriga muvofiq, "Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operasiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritilgani xabar qilingandi.

Xabarda bundan buyon birjadan tashqari valyuta bozoridagi operasiyalar vakolatli banklar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshirilishi bildirilgan.

Ma’lumot uchun, shu paytga qadar Nizomning 43-bandida "Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operasiyalar so‘nggi banklararo savdo sessiyasida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadigan erkin kurs bo‘yicha amalga oshiriladi" deb belgilangan edi.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 36
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 121
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 71
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 41
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 46
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 234
  • Bo‘limlar