“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 02:05
ЎЗO‘Z

Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash yillik stavkasini oshiradi

24 iyun, 21:19 6 993 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash yillik stavkasini oshiradi Markaziy bank Boshqaruvining pul-kredit siyosati chora-tadbirlarining iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashdagi samaradorligini muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi yakuni bo‘yicha joriy yilning 28 iyun kunidan qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizgacha ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi joriy yilning o‘tgan davrida inflyasiya sur’atlarining tezlashishi hamda inflyasion xatarlarning ortishini cheklash bo‘yicha choralarni kuchaytirish zaruriyatining yuzaga kelgani bilan izohlanadi.

Inflyasiya darajasiga narxlarning mavsumiy o‘zgarishi hamda taklif omillari bilan bir qatorda iqtisodiyotni kreditlash hamda milliy valyuta devalvasiyasining o‘tgan yilga nisbatan yuqoriroq sur’atlarda oshib borishi ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Yuzaga kelgan sharoitda amaldagi foiz stavkalari kredit resurslariga spekulyativ talabning oshishiga hamda inflyasion spirallar paydo bo‘lishi xavfining ortishiga olib kelmoqda.

Ushbu holatda qayta moliyalash stavkasini oshirish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bank tomonidan inflyasiya o‘sishining oldini oluvchi ta’sirchan chora sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

- monetar omillarning narxlar darajasi o‘sishiga ta’sirini va inflyasion xatarlarni cheklash hamda inflyasiyani maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida saqlab qolish;

- ijobiy real foiz stavkalarini ta’minlash va iqtisodiyot real sektorini kreditlashda muvozanatli sharoitlarni yaratish;

- valyuta kursi shakllanishining erkin bozor rejimiga o‘tish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;

- narxlar barqarorligi va past inflyasion kutilmalarni ta’minlash hamda o‘rta va uzoq muddatli investision qo‘yilmalarni rag‘batlantirish orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy sharoitlarni shakllantirish.

Markaziy bank kelgusida ham narxlar darajasining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik va iqtisodiyotda barqaror past inflyasion kutilmalarni shakllantirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettiradi.

Iste’mol bozorida narxlar barqarorligi va inflyasion xatarlarning pasayishiga erishilishi bilan qayta moliyalash stavkasi qayta ko‘rib chiqilib, pasaytirib boriladi.

Qayd etish kerak, oshirilayotgan mazkur stavka oldin berilgan kreditlarga ta’sir o‘tkazmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 121
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 68
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 136
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 50
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar