“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:42
ЎЗO‘Z

Ravon Qozog‘istondagi eng xaridorgir avtomobillar beshtaligidan joy oldi

17 мая, 08:01 7 164 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ravon Qozog‘istondagi eng xaridorgir avtomobillar beshtaligidan joy oldi 2017 yil yanvar-aprel oylari natijalariga ko‘ra, Qozog‘istonda rasmiy dilerlar tomondan 11 018 ta avtomobil sotilgan, bu esa 2016 yilgi shu davrdagi ko‘rsatkichdan 23 foizga kamroqdir. Joriy aprel oyiga ko‘ra 3449 dona mashina sotilgan. Bu ko‘rsatkich avvalgi yilgi shu oydagi ko‘rsatkichdan 8,9 foiz kamroqni tashkil qilgan, biroq 2017 yil mart oyidagi ko‘rsatkichdan 27 foiz ko‘proq bo‘lgan, deb xabar bermoqda Qozog‘iston avtomobillar sohasi korxonalari ittifoqi "KazAvtoProm" matbuot-xizmatiga iqtibos keltirgan holda Kun.uz sayti.

Ko‘rilayotgan davr natijalariga ko‘ra qozog‘istonliklar yangi yengil avtomobil sotib olish uchun 272,8 mln dollar sarflashgan, bu esa 2016 yildagi shu ko‘rsatkichdan 18,9 foiz ko‘proqdir. Aprelda bozorda sotilgan avtomobillar umumiy qiymati 89,5 mln dollarni tashkil qilgan va bir yil avvalgi natijadan 34,8 foiz ko‘proq bo‘lgan.

4 oy natijalariga ko‘ra sotilgan avtomobillardan 7 771 tasi (70,5 foizi) xorijiy mashinalarga, qolgan 3 247 tasi (29,5 foizi) Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan mahalliy mashinalarga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘rilayotgan davr ichida qozog‘istonliklar tomondan eng ko‘p miqdorda Toyota avtomobillari sotib olingan: bu marka mashinalaridan 2290 ta sotilgan.

2-o‘rinni 1 912 ta mashina bilan Lada, 3-o‘rinni esa 856 ta mashina bilan Renault egallagan.

Etakchi beshtalikni Ravon (774 dona) va KIA (771 dona) markalari yakunlamoqda. Eng muvaffaqiyatli markalar etakchi o‘ntaligiga Hyundai (673), GAZ (611), UAZ (454), Nissan (403) va Volkswagen (375) kirgan.

Eng ko‘p sotilgan yengil modellar reytingida eng yuqori pog‘onalarni Toyota Camry (885 dona), Lada 4x4 yo‘ltanlamasi (605) va Ravon Nexia (576) egallamoqda. Eatkchi beshtalikni Toyota Rav4 (526) va Lada Granta (489) yakunlamoqda.

Etakchi modellar yigirmataligidan, shuningdek, Lada Largus (341), Toyota Land Cruiser 200 (319), Renault Sandero (305), Renault Duster (300), Volkswagen Polo (297), Hyundai Creta (292), Toyota Land Cruiser Prado (234), Toyota Corolla (185), Lexus LX (181), KIA Rio (173), Hyundai Tucson (172), Nissan X-Trail (151), Lada Kalina (140), UAZ Patriot (140) va Chevrolet Cruze (131) modellari joy oldi.

Mashinalar sotib olishda eng ko‘p faollikni Olmaota (2 770 ta mashina), Ostona (2 149), Atirau (788), Chimkent (682), Qarag‘anda (663), Qo‘stanay (641), Uralsk (479), Ust-Kamenogorsk (470), Aqtau (467) va Oqtobe (406) shaharlari aholisi ko‘rsatgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 207
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar