“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:15
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda tadbirkorlarni mikrokreditlash tizimi soddalashtiriladi

22 mar, 13:57 8 110 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda tadbirkorlarni mikrokreditlash tizimi soddalashtiriladi 2017 yil 17 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Tadbirkorlik sub’ektlari va aholining keng qatlamini mikrokreditlash tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarorini imzolagan edi. Qaror shaxsiy mehnat faoliyatiga turtki berish bilan aholi bandligini oshirish maqsadida imtiyozli kreditlar olish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Qarorga ko‘ra, yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit olish tartibini soddalashtirish ko‘zda tutilgan. Bunda ularga eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida kredit taqdim etish mumkin bo‘ladi. Kredit badali sifatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni qo‘yishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari haqida»gi qonunning 11-moddasiga binoan, yangi ro‘yxatdan o‘tgan xususiy va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga mazkur organlarning kafolati bilan eng kam oylik ish haqining 60 baravari miqdorida kredit taqdim etish mumkin bo‘ladi.

Yangidan ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari sartaroshlik, sanitar-texnik xizmatlar, kalit yasash, optika, soat, maishiy texnikalarni ta’mirlash, payvandlash ishlari, dizayn bo‘yicha xizmatlar, paxta va jun tozalash va titish kabi ishlar uchun mikrokredit olganlar 2021 yil 1 yanvarigacha olti oy muddatga soliqdan ozod etiladi.

Agar tadbirkorlik faoliyati ro‘yxatga olinganidan 12 oy ichida tugatilsa yoki 3 oy va undan ko‘p muddatga to‘xtatilsa, belgilangan soliq o‘tgan davr uchun to‘liq to‘lanishi kerak bo‘ladi.

Qarorda aniqlik kiritilishicha, 47ta borish qiyin bo‘lgan tumanlarda imtiyozli kredit jamg‘armasining kreditlari tijorat banklari tomonidan yakka va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida beriladi.

Joylardagi davlat hokimiyat organlariga tijorat banklari kreditlari hisobiga olinayotgan qoramol, qo‘y, echki, quyon, qush, baliq, asalari uyalari, mevali daraxtlar, uzum ko‘chatlari, urug‘lar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, maishiy texnikalar, asbob-uskunalar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarni hech qanday cheklovlarsiz etkazib berish vazifasi yuklangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 122
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar