Ushbu dasturga ko‘ra 2017 yil oxiriga qadar “Qayta tiklanadigan energiya manbaalari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish ham nazarda tutilgan.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, agar yillik 8-8,5 % iqtisodiy o‘sish darajasi saqlanib qolsa, 2030 yilga qadar O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 25,5 % ga oshishi kutilmoqda.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra mamlakatda qayta tiklanadigan elektr manbaalari miqdori 51 milliard tonna neft ekvivalentiga teng.