“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:27
ЎЗO‘Z

Turklar O‘zbekistonda yangi zavod qurishadi

14 mar, 18:35 7 152 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turklar O‘zbekistonda yangi zavod qurishadi Turkiyaning DAL Teknik Makina kompaniyasi O‘zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega metall konstruksiyalar zavodini qurishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Sputnik nashri.

"Angren" erkin iqtisodiy zonasida joylashadigan mazkur sanoat ob’ektini tashkil qilish bo‘yicha memorandum O‘zbekiston delegasiyasining Istanbulga tashrifi davomida imzolandi.

"Loyihaning boshlang‘ich qiymati 10 million dollar atrofida bo‘ladi. Turkiyalik investorlar zona hududini ko‘rib chiqishdi va Ohangaron sanoat blokidagi umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etuvchi joyni tanlashdi. Hozirda ma’muriy kengash ko‘rib chiqishi uchun zarur hujjatlar tayyorlanmoqda", — dedi "Angren" EIZ vakili.

Tomonlar loyihani shu yilning o‘zida yakuniga etkazishni rejalashtirgan. Ekspertlarning baholashlaricha, yangi zavodning qurilishi O‘zbekistonga sanoat ahamiyatiga ega tayyor metall konstruksiyalarni import qilishni sezilarli darajada kamaytiradi va 100ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. O‘tgan yili "Angren" EIZda 56,7 million dollar investisiya o‘zlashtirildi, bu 2015 yilga qaraganda 6,1 foizga ko‘pdir. Ushbu davr mobaynida 7 yangi zavod qurildi, 929 milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 144
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar